Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev tumanimizdagi 56-maktabga taşrif buyurdi
Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, taʼlim sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda, soha rivoji uçun barça şaroit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada amalga oşirilayotgan keng qamrovli çora-tadbirlar natijasida yoşlarning bilim olişga bölgan qiziqişi tobora ortib bormoqda. Maktab bitiruvçilarini oliy taʼlimga qamrab oliş körsatkiçi yildan yilga ortayotganligi, yoşlarimizning ilm-fan sirlarini egallaşga bölgan intilişlarining kuçayib borayotganligi fikrimizning isbotidir.
Amudaryo tumanida 2020-2021-yilgi öquv yilida umumtaʼlim maktablarini tamomlagan bitiruvçilarining oliy öquv yurtlariga öqişga kiriş körsatkiçi yanada ortdi. Tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 56-sonli umumtaʼlim maktabi bu borada eng ilğor taʼlim maskanlaridan hisoblanadi. Xususan, 2020-2021 öquv yilida maktabning 11-sinfini jami 77 nafar bitiruvçi tamomlagan bölib, şundan 55 nafari, yaʼni 71,2 foizi OTMga qabul qilindi. Maktabning Texnologiya fani yönalişidagi 11-“B” variativ sinfining 25 nafar bitiruvçilaridan barçasi, yaʼni 100 foizi OTMga öqişga kirdi. Bunday yuqori natijalarni qölga kiritişda maktab maʼmuriyati hamda öqituvçilarning hissasi beqiyos, albatta.
Joriy yilning 6-sentyabr sanasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Rustem Reimov, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev hamda tegişli masʼullar 56-sonli maktabdagi “Birinçi qönğiroq” tadbiriga taşrif buyurdilar. Taşrif çoğida mutasaddilar maktab maʼmuriyati hamda öqituvçilarini tumanda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirişga qöşayotgan tengsiz hissalari uçun minnatdorçilik bildirdilar hamda maktab bitituvçilarining oliy taʼlimga öqişga kirişda erişgan yuqori natijalari bilan qizğin tabrikladilar. Tadbir mobaynida maktabning qator ilğor öqituvçilari öz kasbiga masʼuliyat bilan yondaşayotganliklari, yoşlarga sifatli taʼlim-tarbiya berib, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga qarab töğri yönaliş berayotganliklari, şu orqali mamlakatimizda taʼlim sohasi rivojiga qöşayotgan hissalari uçun qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Tadbir mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev 56-maktab direktori Orzigul Xudayberganovaga, maktabning Texnologiya fani yönalişidagi variyativ sinflarining sinf rahbarlari Azimboy Saparboyev hamda Xuşnud Çarşamovlarga Qoraqalpoğiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni va qimmatbaho sovğalarni topşirdi.
Aytiş kerakki, 2020-2021-öquv yilida maktabning Texnologiya fani yönalişidagi 11-“B” variativ sinfnining 25 nafar bitiruvçilarining 100 foizi, 11-“V” variativ sinfning 25 nafar bitiruvçilarining 22 nafari, yaʼni 88 foizi oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilingan.
Maktab bitiruvçilarining Oliy öquv yurtlariga öqişga kiriş körsatkiçlari yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2018-2019-öquv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 33 nafar bitiruvçidan 7 nafari, yaʼni 20 foizi OTMga öqişga kirgan bölsa, maktabda 2019-2020 öquv yilida 10-11-sinflarda Texnologiya yönalişi böyiça variativ sinflar taşkil etilişi hisobiga bu körsatgiç 44,7 foizni taşkil etgan. Variativ sinflardagi bitiruvçilarning 88 foizi Oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilingan.
Tadbir mobaynida mutasaddilar maktab kutubxonasiga köplab badiiy, ilmiy adabiyotlar sovğa qildilar hamda maktabning 1-sinf öquvçilariga öquv qurollari jamlanmalarini topşirdilar. Masʼullar maktab jamoasining kelgusida yangi marralarni egallaşlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Şundan söng “birinçi qönğiroq” çalinib, yangi öquv yili boşlab yuborildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶