25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:12
Jamiyat 👁 285

AYBSIZ AYBDOR QILINIB, OTILGAN OʻGʻLONLAR

AYBSIZ AYBDOR QILINIB,  OTILGAN OʻGʻLONLAR

Maʼlumot uchun
1937-yilning iyulidan 1938-yilning noyabr oyigacha sovet imperiyasi hududidan 1,5 milliondan ziyod odam qamalgan, 700 ming kishi otib oʻldirilgan. Oʻzbekistonda esa 1937-yilning 10-avgustidan 1938-yilning 1-yanvarigacha, 5 oy davomida 10700 nafar kishi qamoqqa tashlangan. Ulardan 3613 kishi otib oʻldirilgan. 7087 kishi 8-yildan 10-yilgacha boʻlgan muddatlarga qamalgan.

Har gal 31-avgust sanasi yaqinlashganida keksa avlod vakillari sobiq ittifoq – mustabid tuzum davridagi qatagʻon siyosatini ogʻir, dahshatli xotiralar bilan esga olishadi.
— Biz koʻrdik, illoh-billoh farzandlarimiz koʻrmasin, – degan edilar Alloh rahmat qilsin, Toshyop ovulining Shoir qozoq mavzesida yashab oʻtgan Qutim bobo Doʻsimbetov. – Men 15-16 yoshligimda «xalq dushmani» tamgʻasi bilan qamoqqa olinib, Gurlandagi turmaxonada otib oʻldirilgan otam bilan akam Nurimbatni umumiy qabrdan kavlab olib, Qilichboyning Doʻrmanidagi oʻzimiz tugʻilib, oʻsgan tuproqqa topshirganman...
Yagona aybi bilimdon tadbirkor va boy-badavlat boʻlgan otasi Doʻsimmat Matniyozov bor boyligini Qilichboy hududida tuzilgan Stalin nomli kolxozga topshirganini, 13 bosh tuya, 40 bosh qoramol, 14 bosh ot, 2 200 bosh qoʻylarini xatlab olgandan soʻng ham chaqimchilar uni «xalq dushmani»ga chiqarib qoʻyishganini, natijada butun oila jonini omon saqlash uchun oʻzlari tugʻilib-oʻsgan ota makonini tark etishga majbur boʻlishganini nadomat bilan xotirlar edilar.
Azizlar, qatagʻon yillari azob-uqubatlarini koʻrganlar yolgʻiz Qutim bobo emas, balki Xorazm viloyatining Mangʻit tumanidan 1920-yillardan 1938-yilning oxiri, noyabr-dekabr oyigacha koʻplab begunoh insonlar turli xil azob-uqubatlarga duchor boʻlganlar.
Tarixda «katta terror» nomini olgan bu qatagʻon siyosati mustabid sovet rejimining hech kechirilmas jinoyatidir.
Qonli siyosat qurbonlaridan biri Mangʻitda tugʻilib-oʻsgan serqirra bilim egasi Matniyoz Mufti Yusuf oʻgʻli edi. Rus, fors, arab tillarini yaxshi biladigan, 1879-yilda tugʻilgan Matniyoz Mufti Xiva xonligining muhrini saqlovchi lavozimida xizmat qilgan. Xiva xonligi agʻdarilgach, mahalladagi yosh bolalarga uyida ilm oʻrgatib yurganida «xonlikka xizmat qilgan» degan vaj bilan 1932-yilda qamoqqa olishgan va otuvga hukm qilingan.
Matniyoz Muftining zamondoshlari va doʻstlari 1875-yilda tugʻilgan qora qipchoqlik Bobojon qori Nizomaddin oxun, Qipchoq qishlogʻidan Ernazar Shomurod oʻgʻli ham hibsga olinib, 1938-yilning 7-fevral kuni otuvga hukm qilingan va hukm ijro etilgan.
Men 2015-yildan beri tumanimizning turli hududlarida yashagan va qonli sovet rejimining qatagʻon siyosati qurboni boʻlgan insonlar haqida maʼlumotlar toʻplab kelayotgan oddiy bir izlanuvchi-jurnalist sifatida  shuni afsus bilan qayd etamanki, biz vaqtida yonlarimizda bor boʻlgan tariximizning tirik guvohlari qadriga yetib, ular bilgan haqiqatlarni yozib olganimizda edi, erk, ozodlik, adolat yoʻlida qurbon boʻlgan yurtdoshlarimizning qahramonona hayot yoʻlini yaxshiroq yoritgan boʻlar edik.
Qilichboy mavzesining Doʻrman qishlogʻilik Amat Yusupov quloq sifatida otishga hukm qilinganida 34 yoshda edi. Ayni kuchga toʻlgan, navqiron bu insonning aybi ham aqlli, bilimdon tadbirkorligi boʻlgan. Uning hamqishlogʻi Raimjon Erniyozov ham oʻziga toʻq, bilimdon va tadbirkor insonlardan biri boʻlgan. Ikkala yigit ham qirqqa kirmay chaquvdan “quloq”qa tortilgan va 1938-yilning 10-fevralida otuvga hukm qilinganlar.
Qilichboyliklar boshiga kelgan bu baloi kulfat shu bilan tugamadi. Birgina Mangʻit tumanining oʻzidan 1938-yilning 10-fevral sanasida 30 nafarga yaqin elim, yurtim, degan ilm-u maʼrifatli, tadbirkor va ishbilarmon insonlar oʻlim jazosiga hukm etilgan va shundan 13 nafari xolimbeglik edi. Bir kunda 13 nafar zabardast oʻgʻlonlarning oilalarida aza ochildi. 13 nafar xolimbeglik yigitlarning ortida boʻzlab qolgan norasida goʻdaklar, 20-30 yoshning nari-berisida bevalik jabrini tortgan yosh-yosh juvonlar, «Bolam!» deb unsiz faryodlar chekib, azoblar zabtidan tishlari toʻkilgan, erta keksaygan otalar, jafokash onalar qoldi.

– Nafaqat  Xolimbegda, balki  butun Mangʻit tumanida odamlar biri-biri bilan koʻrishib, soʻzlashmoqqa, dardlashmoqqa qoʻrqib qoldilar, – deb yozgandi Qutim bobo Doʻsimmatov oʻzining Amudaryo tuman hokimligiga 2001-yil 5-iyun sanasida otasi Doʻsimmat Matniyozovning nomini oqlashda yordam soʻrab yoʻllagan murojaatida.   — Sababi, ikki kishi uzoq gaplashib turib qolishining oʻzidan qandaydir yomonlikning isi kelardi.
“Yomonlik…” Bu soʻzning zamirida eng yovuz illatlar bor – chaqimchilik, tuhmat, xiyonat, fitna, nayrang, makkorlik, dushmanlik… Shuning uchun bu soʻzni ishlatganimizda qalbimiz muzlaydi, yuragimiz namakob ichganday achishadi, vujudimiz karaxt boʻladi.
«Katta terror» nomini olgan 1937-yilning iyulidan 1938-yilning noyabr-dekabr oyigacha davom etgan bir yarim yillik qatagʻon davrida xalqimiz goʻyo zahar yutdi, soʻzlashga ochilgan lablar qulflandi, tillar kesildi. Gung va kar, karaxt yashadi xalq. Millat otalari bolalarini tuzum oʻzgarayotgan kezlar notayin toʻz-toʻzlarga berdi, soʻng ikkinchi jahon urushiga, yana qama-qamalar, «oʻzbek ishi», «paxta ishi»… ga berdi, yovqur bolalarini.
Nazarimda, xalqimiz uchun bu qatagʻonlar, agar haqiqatga tik qaraydigan boʻlsak, juda uzoq – 70-yil davom etdi. Mana 30-yilki, yurtda erk tugʻi baland tutilgan – OZODmiz. Ming-ming shukur. Ana shu ozodlik yalovini tutib oʻtganlar va bugungi dorilomon kunlarga yetmaganlar haqqi, Vatanda TINChLIK mangu boʻlsin! Aziz ajdodlarimiz ot surib oʻtgan bu qutlugʻ zamin mangu obod boʻlsin. Erk, hurriyat yoʻlida jon fido etgan qatagʻon qurbonlari haqiga duo qiling, azizlar, ular bizning bugungi dorilomon kunlarimiz orzusida yashab, shu orzu-armon bilan kafanlangan begunoh shahidlar edilar...

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026