XITOY OVULIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZINING FILIALI IŞ BOŞLADI
Xitoy ovulidagi fuqarolar yiğini maʼmuriy binosi qayta taʼmirlanib, foydalanişga topşirildi. Uşbu binoda Davlat xizmatlari markazi filiali ham taşkil etildi.
Şu munosabat bilan bölib ötgan tadbirda Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği M.Abdijaliyev hamda tuman hokimi S.Yöldaşev sözga çiqib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar xususida söz yuritdilar.
Şuningdek, tuman faollari nomidan T.Abdullayev nutq sözlab, bu kabi bunyodkorlik işlari yurtimizning yanada taraqqiy etişida muhim ahamiyat kasb etişi xususida töxtaldi.
Mamlakatimizdagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarga çiqib, sayyor davlat xizmatlarini körsatiş amaliyoti yölga qöyilgan bölib, tuman Davlat xizmatlari markazi joriy yilning şu davriga qadar 3 mingga yaqin davlat xizmatlarini sayyor tartibda amalga oşirgan.
Davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoniga köra, şaharçalar, qişloqlar va ovullardagi mahallalarda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş belgilab berildi.
Mazkur hujjat asosida tuman markazidan 22 km. olisda joylaşgan Xitoy ovulida ham Davlat xizmatlari markazi filialining taşkil qilinişi hududda istiqomat qiluvçi aholining uzoğini yaqin, oğirini yengil, vaqtini hamda moddiy xarajatlarini tejaş imkonini beradi.
Tadbirda sözga çiqqanlar Xitoy ovulida taşkil etilgan Davlat xizmatlari markazi filialining samarali faoliyat yuritişida muvaffaqiyat tiladilar.
Haşar – elga yaraşar
Tumanimizda umumxalq Xayriya haşari uyuşqoqlik bilan ÖTKAZILDI
Joriy yilning 21-avgust sanasida mamlakatimizda umumxalq obodonlaştiriş xayriya haşari ötkazilib, yurtimiz böylab barça hududlarda obodonlaştiriş va tozalaş işlari amalga oşirildi.
“Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” şiori ostida ötkazilgan xayriya haşarida aholining barça qatlamlari iştirok etib, yurtimiz obodligi va farovonligiga öz hissalarini qöşdilar.
Tumanda “Mahallalarni obodonlaştiriş” oyligida samarali işlar taşkil qilinib, obodonlaştiriş xayriya haşari doirasida mahallalar, aholi yaşaş xonadonlari, köp qavatli uylar atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, bolalar maydonçalarida keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari olib borildi.
Şuningdek, haşar iştirokçilari tomonidan tumanimizdagi yordamga muhtoj, boquvçisini yöqotgan oilalar, yolğiz yaşovçi hamda nogironligi bölgan fuqarolar, keksalar holidan xabar olinib, ularning yaşaş şaroitlari yaxşilanib, uy-joylarini taʼmirlaşga kömaklaşildi. Mahalla faollari boşçiligida ehtiyojmand kişilarning taʼmirtalab holga kelib qolgan uy-joylarini taʼmirlaş işlari olib borildi, uylari ohaklab berildi.
Uluğ ayyom kunlari arafasida amalga oşirilgan bu kabi xayrli işlar xalqimizning eng ezgu anʼanalaridan biriga aylangan. Köngli öksik hamyurtlarimiz bu kabi eʼtibor va ğamxörlikdan ğoyat xursand böldilar hamda masʼullarga minnatdorçilik bildirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶