OILA – Muqaddas, unda avlodlar dunyoga keladi
Har bir fuqaro jamiyatdagi qonun-qoidalarga böysungan holda unga rioya etib, hurmat qilmoği lozim. Xususan, har bir odam öz hayotidagi fuqarolik holatlarini öz vaqtida qayd qildirmoği ham şular jumlasidandir. Çunki, tuğilişni, qonuniy nikohni yoki boşqa holatlarni öz vaqtida qayd qildirmaslik keyinçalik ulkan taşvişlarni keltirib çiqarişi tayin.
Afsuski, buningdek noxuş holatlar köpaymoqda. Baʼzan yoşlarning havoyi orzulari bilan bunyodga kelgan oilalar hademay tanazzulga yuz tutmoqda.
Keyingi yillar statistikasiga nazar soladigan bölsak, oila buzilişi holatlari köproq yoş oilalarda yoki turmuşning dastlabki yillarida bölayotganiga guvoh bölamiz. Bu öz-özidan ravşanki, qizlarning hali ham jismonan, ham maʼnan voyaga yetmay turib, boylikka, obrösiga havas qilib turmuş qurayotganligi oqibatidir.
Özaro mehr-muhabbat, işonç va hurmat örniga şunçaki havas bilan qurilgan oilalarning afsuski, umri qisqa bölmoqda.
Joriy yilning ötgan yetti oyi davomida tumanimizda 80 ta holatda oilaviy ajraşiş, 116 ta otalikni belgilaş, 28 ta yolğiz onalik holatlari qayd etilgan.
Bu raqamlarni şunçaki sanaş mumkin emas. Balki uning zamiridagi muammolarni çuqur örganib, kelgusida sodir bölişining oldini olişga harakat qiliş juda muhim. Boisi, oila – muqaddas. Muqaddasligi şundaki, unda avlodlar dunyoga keladi va ular erkin, ota-onasi bağrida bexavotir ulğaymoği lozim. 30 yillik qutluğ dovonni bosib ötgan mamlakatimiz ravnaqi har birimizga boğliq ekanligini unutmaylik. Bundan xulosa şuki, har bir fuqaro öz oilasining mustahkamligi va baxtiyorligini taʼminlaşga masʼuldir.
Nabira ÖNGAROVA,
tuman FHDYo bölimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶