22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:30
Siyosat 👁 398

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Amudaryo tuman kengashi tomonidan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Amudaryo tuman kengashi tomonidan targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi

10-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi tuman kengashi tomonidan “Ona tabiat – barchamizniki” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda partiyaning Qoraqalpigʻiston Respublikasi kengashi raisi Oysanam Begimova, Amudaryo tuman kengashi raisi Saʼdulla Sodiqov, partiya faxriy aʼzosi Tursinboy Ahmedov, partiya faollari, saylovchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, joriy yilning 24-oktyabrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlari mutlaqo yangicha koʻrinishda, saylov qonunchiligiga asosan, demokratik printsiplarga xos boʻlgan ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga muvofiq tashkil etilishi uchun munosib tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Saylov kodeksiga muvofiq saylovoldi targʻibot-tashviqot tadbirlari, partiya faollari ishtirokidagi uchrashuvlar oʻta qizgʻin va koʻtarinki ruhda tashkil etilayotgani partiyalarning siyosiy maydondagi mavqeini oshirib, xayrixohlari safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqlim oʻzgarishlariga moslashish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini yanada rivojlantirish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasining asosiy yoʻnalishlaridan ekanligini qayd etdilar.

Shundan soʻng targʻibot tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi xonandalarining ajoyib kuy-qoʻshiqlari bilan davom ettirildi. Vatan, doʻstlik, tinchlik, istiqlol, muhabbat mavzularida yangragan taronalar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Aytish joiyki, bugungi kunda mamlakatimizda tobora dolzarb boʻlib borayotgan ekologik muammolarni hal etish, jamiyatda aholining eʼtiborini ekologik muammolar va ularning yechimiga qaratish, inson salomatligini  asrash va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash kabi ishlar jamiyat oldida turgan oʻta muhim masalalardan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi ushbu dolzarb masalalarni oʻzida aks ettirgan dastur bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashadi.

Targʻibot tadbirini yanada fayzli va mazmunli oʻtkazish maqsadida viktorina oʻyini tashkil etildi. Oʻyin yakunida eng koʻp javob bergan ishtirokchilar gʻolib deb topildilar hamda taqdirlandilar. 

Targʻibot tadbirlarining taniqli xonandalar ishtirokida, shou tadbirlari, viktorina savol-javoblari bilan oʻtkazilayotgani partiyaning aholi ichiga yanada yaqinroq kirib borishida, xalq bilan hamnafas boʻlib ish yuritishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026