25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:12
Jamiyat 👁 294

“Oila – muqaddas, farzand – aziz!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

“Oila – muqaddas, farzand – aziz!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumanida joriy yil 8 oy holatiga 92 ta oilaviy ajrashishlar qayd etilgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42 taga oshgan. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, oilaviy ajrashishlarga barham berish, yoshlarda oilaga boʻlgan maʼsuliyatni yanada oshirish bugungi kuning muhim masalasi boʻlib qolmoqda.

Shu bois, mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarda umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini gʻoyaviy tahdidlardan himoya qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi Farmoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblangan mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va koʻmakdoshiga aylantirish, jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishiga har tomonlama koʻmaklashish, oila institutini mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tadbiq etish maqsadida joriy yilning 25-avgustidan 25-sentyabrigacha “Oila - muqaddas, farzand - aziz!” shiori ostida targʻibot oyligi oʻtkazilmoqda.

Targʻibot oyligi doirasida Beruniy nomli mahalla fuqarolar yigʻinida “Oila - muqaddas, farzand - aziz!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda ham oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, oilaviy nizolarning oldini olish, yoshlarda oilaga boʻlgan maʼsuliyatni oshirish, boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat va anʼanalarimizni asrash, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila muqaddasligini targʻib qilish, har bir ota-onaning farzand tarbiyasidagi burch va maʼsuliyatlarini oshirish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi Gavxar Chimbaychiyeva, tuman Ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Gavhar Utemuratova, tuman xalq taʼlimi boʻlimi psixologi Tatyana Pirlapesova, 27-sonli maktab psixologi Mavluda Toʻrayeva, Beruniy nomli, Olmazor, Gulzor, Oybek nomli va Boʻston mahallalari fuqarolar yigʻinlari raislarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va mazkur mahallalar xotin-qizlari, “Ayollar daftari”da roʻyxatga olingan, psixologik koʻmakka muhtoj  ayol-qizlar ishtirok etdilar.

Targʻibot tadbirida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi Gavhar Chimbaychiyeva soʻzga chiqib, tumanda 8 oy yakunlariga koʻra, oilaviy ajrashishlar soni koʻpaygani oʻta ayanchli holat ekanligini va buning oldini olishda mahallalardagi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalarining faoliyatini yanada jonlantirish lozimligi, sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajratishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralarni koʻrish zarurligi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi katta inspektori, podpolkovnik Gavhar Utemuratova mahallalarda oilaviy nizolar, yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik holatlari, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishi, ichkilikbozlik hamda giyohvandlik illatlariga berilishi, turli koʻrinishlardagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi  - oilalar barbod boʻlishining asosiy sabablaridan biri ekanligi haqida toʻxtalib, oilalar mustahkamligini taʼminlashda mahalla va oila hamkorligi, keng jamoatchilik eʼtibori juda muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi psixologi Tatyana Pirlapesova, 27-sonli umumtaʼlim maktabi psixologi Mavluda Toʻrayevalar ham muzokaralarda ishtirok etishib, namunali oilalarning farzand tarbiyasi borasidagi tajribalarini hamda oila aʼzolari oʻrtasidagi ibratli munosabatlarini ommalashtirish, yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish, oilaning muqaddasligi haqida soʻz yuritishib, oilaviy munosabatlar buzilishining oldini olish toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Targʻibot oyligi doirasida boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda 27-sonli maktab psixologi Mavluda Toʻrayeva ota-onalarning farzand tarbiyasidagi psixologik bilimlarini oshirish, farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor bermayotgan ota onalarga yordam koʻrsatishni amalga oshirish boʻyicha mashgʻulotlar olib bordi va zarur yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatdi.

Risolat IBRAGIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026