Yoşlarning yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlarining oldini olişga qaratilgan tadbir ötkazildi
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini oliş va çek qöyiş hamda ularni moliyalaştiriş manba va kanallariga barham berişga qaratilgan samarali çora-tadbirlarni belgilaş, bu borada milliy va xalqaro darajada saʼy-harakatlarni birlaştiriş davlat siyosatining eng muhim yönalişlaridan hisoblanadi.
2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib çiqqan holda, şuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş çora-tadbirlarini takomillaştiriş maqsadida imzolangan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 - 2026-yillarga möljallangan ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötarişda muhim hujjat bölib xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 38-sonli maktabda yoşlarning islomga yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlarining oldini oliş, diniy ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlangan tarğibot-tuşuntiriş tadbiri taşkil etildi. Tadbirda tuman Içki işlar bölimi xodimi Uluğbek Pölatov maktab öquvçilariga islom diniga yot bölgan ğoyalar, ularning ayançli oqibatlari va ulardan saqlaniş yöllari haqida keng tuşunçalar berib ötdi.
Taʼkidlanganidek, yoşlar har bir jamiyatning eng işongan va muhim qatlami hisoblanadi. Sababi, mamlakat ertangi kuni ularning qanday şaxs bölib şakllanişlari hamda maqsadlariga boğliq. Aynan şu sababdan ularni zararli ğoyalar va yot fikrlardan himoyalaş dolzarbdir.
Hozirda yoşlar ongiga taʼsir qilib, ular qalbiga öz buzğunçi ğoyalarini singdirişni yoki ularni töğri yöldan ozdirişni maqsad qilgan kuçlar tobora ortib bormoqda. Bu holat oddiy kompyuter öyinlaridan tortib internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham oçiq közga taşlanadi. Yuzaki qaraganda, arzimas tuyuladigan bu harakatlar vaqt ötgani sari jiddiylaşib, qatʼiylaşib boraveradi.
Aytiş kerakki, mamlakatimizda diniy bağrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlaşga, şuningdek, yoşlarni terroristik, ekstremistik va boşqa buzğunçi ğoyalar taʼsiridan samarali himoya qilişga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu borada umumtaʼlim maktablari öquvçilari orasida taşkil etilayotgan tarğibot va tuşuntiriş tadbirlarining ahamiyati katta.
Tarğibot tadbirida öquvçilarga sababsiz dars qoldirmasliklari, ötilayotgan har bir darsni qunt bilan özlaştirişlari lozimligi, maktabga öz vaqtida keliş va ketiş zarurligi, şuningdek, har bir öquvçi odob-axloq qoidalariga amal qilişlari, har bir daqiqadan unumli foydalanib bilim olişlari lozimligi tuşuntirildi.
Qolaversa, tinç, osuda, osoyişta hayotimizga xavf solayotgan illatlar-diniy ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş faqatgina huquqni muhofaza qiluvçi davlat organlariningina emas, balki har fuqaroning jamiyat oldidagi asosiy burçi ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir iştirokçilariga doimo ogoh, atrofimizdagi insonlarga eʼtiborli bölişlari lozimligi, şu kabi jinoiy hodisalarga duç kelib qolgan taqdirda IIB xodimlariga zudlik bilan xabar beriş kerakligi aytib ötildi.
Yiğiliş söngida mavzu yuzasidan iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶