UMUMTAʼLIM MAKTABLARIGA “KITOBLAR KARVONI” KIRIB BORDI
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev yoşlar maʼnaviyatini yanada yuksaltiriş maqsadida ilgari surgan 5 ta muhim taşabbusning biri yoşlar örtasida kitobxonlik muhitini yaratiş, intellektual bilimdon yoşlarni şakllantirişda kitobning ahamiyatini yanada oşiriş, ularni kitob öqişga qiziqtiriş va şu orqali mustaqil fikr-mulohaza yurituvçi insonlar bölib yetişişlarini taʼminlaşdan iboratdir.
Şu maqsadda sönggi yillarda umumtaʼlim muassasalari huzuridagi kutubxonalar faoliyatini yanada jonlantiriş, öquvçi-yoşlar örtasida kitobxonlik tadbirlari, körik-tanlovlarini taşkil etiş orqali ularning intellektual salohiyatini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanimizda ham umumtaʼlim maktablarining öquvçi-yoşlari örtasida turli mavzularda kitobxonlik keçalari, “Men sevgan adib”, “Mening sevimli asarim”, “Eng yoqimli abadiy asar qahramoni”, “Zamonamiz qahramonlari haqidagi eng yazşi asar” mavzularida inşolar tanlovlari ötkazilib, ğoliblar maʼnaviy jihatdan rağbatlantirib borilmoqda. Şu barobarida umumtaʼlim maktablari huzuridagi kutubxonaar, elektron kutubxonalar har yili yangi-yangi adabiyotlar bilan boyitib borilayotgani bois, kitobsevar yoşlar safi tobora ortmoqda.
Joriy 2021-2022 öquv yilida ham öquvçi-yoşlarning kitobga bölgan maʼnaviy ehtiyojini qondiriş, özlari sevgan yozuvçilarning kitoblarini heç muammosiz mutolaa qilişlarini taʼminlaş maqsadida tuman Xalq taʼlimi bölimi tomonidan “Kitoblar karvoni” tadbiri ötkazildi. Umumtaʼlim maktablaridagi kutubxonalar kitob jamğarmalarini yanada boyitişni közlab amalga oşirilgan uşbu tadbir davomida öquvçi-yoşlar jahon va mumtoz özbek adabiyoti namoyondalari, şuningdek hozirgi zamon özbek hamda qardoş xalqlar adabiyotlarining taniqli vakillari ijod namunalaridan bahramand bölişdi.
Tadbir jarayonida “Kitoblar karvoni” kirib bormagan bironta ham umumtaʼlim maktabi qolmadi. Tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismoilov hamda Xalq taʼlimi bölimining darsliklar böyiça uslubçisi Ozod Qidirboyevlar iştirokida amalga oşirilgan tadbir jarayonida 3 ming 260 ta badiiy va ilmiy-maʼrifiy kitoblar 87 ta umumtaʼlim maktablari kutubxonalariga bepul tarqatildi.
Tadbirdan mamnun kutubxonalar aʼzolari bölgan öquvçi-yoşlar xalqimizning sevimli farzandi, yirik davlat va jamoat arbobi hamda jahonda taniqli yozuvçi Şarof Raşidov hayoti va serqirra faoliyati, ijod yöli haqida hikoya qiluvçi asarlar, şuningdek, qoraqalpoq bolalar adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanişiş maqsadida kitoblar tanlab oldilar.
Bugungi kunda umumtaʼlim maktablarining barçasida kutubxonalar kitobsevar yoşlar bilan hamişa gavjum böladi. Ayniqsa, qoraqalpoq bolalar adabiyoti namunalari, şuningdek, özbek, rus, qozoq adabiyoti durdonalarini sevib mutolaa qilinadi.
Darhaqiqat, kitob – bilim buloği, kitob – kelajak şamçiroği. Öz hayotini kitob bilan döst-u qadrdonlikda ötkazuvçi inson, şubhasiz, barça orzulariga yetişadi. Çunki, kitob orqali yoşlikda egallangan bilim toşga öyilgan naqş kabi aslo öçmasdir.
Risolat IBRAGIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶