25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:45
Jamiyat 👁 274

DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh SOHASIDAGI OʻZGARIShLAR

DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh SOHASIDAGI OʻZGARIShLAR

Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni koʻrsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni oʻrtacha ikki barobarga qisqartirildi.

Fuqarolarning talab va istaklarini inobatga olib, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi islohotlarni izchil davom qildirish yuzasidan bir qancha normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6269-sonli Farmoni bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli koʻrsatilishini taʼminlash, turli toifadagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uygʻunlashtirish maqsadida bir qator tartib-tamoyillar oʻrnatilgan.

Jumladan 2021-yil 1-noyabrdan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno), Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar miqdorlari kamaytirilishi hamda 2021-yil 1-dekabrdan boshlab chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirish, litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan toʻlovlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilash (qonunchilik hujjatlarida toʻlovlar belgilanmagan yoki bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda, QR-kod qoʻyilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun toʻlov undirilmasligi belgilangan.

Farmonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflarni qoʻllab-quvvatlash xususida keltirilgan.

Aholining Davlat xizmatlari foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2021-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxati kengaymoqda.

2021-yil 1-oktyabrdan ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati tasdiqlandi hamda farmon bilan bir qator sohalarda davlat xizmatlari koʻrsatish borasida oʻzgartirishlar kiritildi.

Aholiga va tadbirkorlik subektlariga keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning yaqqol samarasi sifatida Farmonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subʼektlaridan bir qancha turdagi xujjat va maʼlumotlarni talab qilish bekor qilinganligini koʻrish mumkin.

Jumladan tadbirkorlik subʼekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlarini;

litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligini;

davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligini;

qimmatli qogʻozlarga egaligini, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;

kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligini;

jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar toʻlanganligini va olinganligini;

oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlarini;

jismoniy shaxs tomonidan oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) taʼlim muassasasi tugatilganligini;

jismoniy shaxs tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;

fuqaro «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»da mavjudligini;

oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni;

moliyaviy hisobotlar nusxalarini;

jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni;

ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.

Davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni Farmonga 4-ilovasida belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.

Umida Saparbayeva, Tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026