25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 01:45
Jamiyat 👁 216

HUDUDLARDAGI YoNGʻINGA QARShI SUV OLGICh GIDRANTLARNING TEXNIK XOLATI OʻRGANILDI

HUDUDLARDAGI YoNGʻINGA QARShI SUV OLGICh GIDRANTLARNING TEXNIK XOLATI OʻRGANILDI

Yongʻinga qarshi suv olgich, yaʼni gidrantlar yongʻin sodir boʻlganda yongʻin oʻchirish avtomashinalarni suv bilan taʼminlash va yongʻinlarni tezda bartaraf etishda muhim oʻrin tutadi. Kutilmaganda sodir boʻladigan ushbu ofatni bartaraf etish oson kechmaydi. Shu bois ularning texnik holati sozligiga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.

Amudaryo tumani hududida jami 252 ta yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlar mavjud. Joriy yilning 3-choragi davomida ushbu yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlarning texnik holatini amalda oʻrganish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 3- va 4-sonli Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlari hamda Suv tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan.

Mazkur yoʻl xaritaga asosan yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlarning texnik holati tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 3- va 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlari xizmatchilari, Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirokida amalda oʻrganilib borilmoqda. Yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan yoʻl xaritaga muvofiq davlat ahamiyatiga ega alohida obʼektlarda yongʻin xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek yongʻin taktik-oʻquv mashgʻulotlar va ushbu obʼektlar rahbarlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir kompleks tadbirlar tashkil etilib, belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanmoqda.

Durunki mahallasida oʻtkazilgan navbatdagi oʻrganish ishlari davomida Pahlavon Mahmud koʻchasida joylashgan 8 dona yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlarining texnik holati koʻrib chiqildi. Gidrantlarda aniqlangan nosozliklar  tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan joyida bartaraf qilindi.

Natijada hudud aholisining kuz-qish mavsumida uzluksiz suv bilan taʼminlanishi yoʻlga qoʻyildi. Undan tashqari, mahalla hududidagi xonadonlarda yashovchi aholiga yongʻin xavfsizligi qoidalari, kutilmagan ofatlarning oldini olish, ehtiyot choralarini koʻrib borish, yongʻin xavfi mavjud boʻlgan maishiy texnika buyumlarini soz holatda ishlatish kerakligi toʻgʻrisida keng tushunchalar berildi.

Shuningdek, Beshtom mahallasining Beshtom aholi punktidagi mavjud 16 ta hamda Amudaryo gaz servis masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli hamda Amudaryo metan savdo masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasidagi yongʻinga qarshi suv olgichlarining texnik holati ham oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida yongʻin oʻchirish avtomashinalarining erkin xarakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi sunʼiy toʻsiqlar, yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlarda nosozliklar aniqlandi. Barcha nosozliklar Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan taʼmirlandi. Sunʼiy toʻsiqlar olib tashlandi va yongʻinga qarshi suv olgich gidrantlar soz holatga keltirilib, uzluksiz suv kelishi taʼminlandi.

Ushbu hududda ham aholi honadonlarining yongʻinga qarshi holati koʻzdan kechirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berildi va yongʻinlarning, is gazidan zaharlanishning oldini olish kerakligi, aks holda xavfli hodisalarga sabab boʻlishi tushuntirildi.

Favqulodda vaziyatlar boʻlimining Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismlari Yongʻin nazoratini va yongʻinlar profilaktikasini amalga oshirish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻchirishni, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshirishda masʼul hisoblanadi. Shu bois ushbu xizmat xodimlari tomonidan tuman hududida tilsiz yovning oldini olish maqsadidagi tashviqot tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilib boriladi.

M.Yusupov, tuman FVB 3-Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi boshligʻi. 

R.Kazakov, tuman FVB 4-Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi boshligʻi .

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026