22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Fan va taʼlim 👁 730

YoSh OʻQITUVChINING KATTA YuTUQLARI

YoSh OʻQITUVChINING KATTA YuTUQLARI

Inson oʻz hayoti davomida hamisha ezgu orzular ogʻushida yashaydi, ana shu orzular manziliga yetmoq uchun intiladi, izlanadi, gohida mashaqqatlar chekadi, sinovlarda toblanadi. Hayot sinovlari, mashaqqatlarini iroda kuchi bilan yengib oʻtish esa hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Sherzod Ashirov yosh boʻlsa-da, oʻzini hayotning ana shunday sinovlariga shaylagan, mehnat qilishdan, oʻqib-izlanishdan aslo charchamaydigan, hatto mehnatsiz oʻtgan kunini  umr hisobiga qoʻshmaydigan bilimdon va mahoratli oʻqituvchilardan.

Sherzod juda yoshligidan, hali tengqurlari koʻcha changitib, kun boʻyi oʻyin bilan mashgʻul boʻlib yurishganida kitobga, oʻqishga ixlos qoʻydi. Aqlni charxlovchi shaxmat oʻyinida oilada chempion, maktabda hammadan birinchi edi. Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi Amudaryo akademik litseyini aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha tugatgan Sherzod Ashirov hech ikkilanmay hujjatlarini Qoraqalpoq davlat Universitetining matematika fakultetiga topshirdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan Sherzodjon toʻrt yil davomida mamematika fanini chuqur oʻzlashtirdi.

Oʻqish jarayonida oʻzining innovatsion loyihalari, teran fikri bilan ustozlari eʼtiborini qozondi. Universitet magistraturasida qolish taklifini bildirishganida esa  ustozlariga oʻzi tugʻilib-oʻsgan tumanda ishlash, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi sohasiga  munosib hissa qoʻshish istagini bildirdi.

Universitetni tugatgan 2017-yildanoq ilk mehnat faoliyatini boshlagan Sherzod Ashirov oʻzi mehnat qilayotgan 16-sonli ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasining ishonchiga sazovor boʻldi.

Taʼlim sohasidagi ijobiy oʻzgarishlarni oʻz faoliyatiga tatbiq etishni rejalashtirgan yosh pedagog 2017-2018 oʻquv yilining ikkinchi yarmidan tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida matematika  fani oʻqituvchisi sifatida faoliyatini  davom ettirdi. Oʻtgan qisqa fursat ichida oʻz shaxsiy fikriga, mutaxassisligi boʻyicha yuqori bilim va  malakaga ega Sherzod Ashirov maktabda matematika fanini oʻqitish boʻyicha  yetakchi mutaxassisga aylandi.

2017-2021-yillar davomida  maktab bitiruvchilari orasida aniq fanlar boʻyicha  oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari oshdi. Xususan, 2017-2018 oʻquv yilida Sherzod Ashirov tahsilini olgan bitiruvchilardan 14 nafari, 2018-yilda 27 nafari, 2019-yilda 36 nafar, 2020-yilda 48 nafar, 2021-yilda esa uning rahbarligidagi variativ sinfi bitiruvchilaridan 58 nafari oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishdi.

Oʻquvchilari 2017 va 2020-yillar oraligʻida “Bilimlar bellashuvi” va fanlar olimpiadasining tuman hamda respublika bosqichlari gʻolibligini qoʻlga kiritishdi. Sherzod Ashirovning oʻzi esa “Yil oʻqituvchisi – 2018” koʻrik-tanlovida tumanda 1-oʻrin, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 2-oʻrin sohibi boʻldi.

2019-yildan esa Sherzod Ashirov Respublika va tuman miqyosida “Xalqaro baholash dasturlari”ni oʻrgatuvchi TESTOLOG va TRENER  oʻqituvchi, sifatida ham faoliyat olib bormoqda. shuningdek, 2020-yilda oʻtkazilgan “Matematikadan oʻqituvchilar olimpiadasi”da Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4-oʻrinni egallab, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

- Koʻpchilik ota-onalar farzandlarini repetitorlik oʻquv markazlariga olib borishadi, - deydi Sherzod variativ sinfda dars oʻtish uslubi haqida soʻzlarkan. – Agar farzandim yaxshi bilim olsin, deyishsa, oʻquvchiga variativ oʻquv yoʻnalishi eng yaxshi tanlov. Chunki oʻquvchi variativ sinfda erkin, oʻzi xohlagan fanini qiziqib oʻrganadi va tez oʻzlashtiradi. Qolaversa, oʻzi taʼlim olayotgan maktabda, qadrdon sinfdoshlari davrasida taʼlim oladi, vaqtdan yutqazmaydi.

Yangi 2021-2022 oʻquv yilini koʻtarinki kayfiyatda boshlagan yosh oʻqituvchi oʻz yutuqlari va tajribalari bilan koʻplarga namuna, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazining umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatiga ega Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yagona matematika fani oʻqituvchisi. Variativ oʻquv rejasi asosida dars oʻtish boʻyicha 1-toifaga ega Sherzod Ashirov ushbu sertifikat sohibi sifatida 2021-2022 oʻquv yilidan 100 foiz ustama olish huquqini qoʻlga kiritdi.

Endigina 27 yoshga qadam qoʻygan Sherzod Ashirov oilada mehr-oqibatli farzand, oilaparvar umr yoʻldoshi, Mustafo ismli shirintoy oʻgʻilning sevimli dadasi. Rafiqasi Inobat Arslonova ham matematika va informatika fani oʻqituvchisi. U ham 40-sonli maktabda oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli ishda Sherzodga yelkadosh va fikrdosh.

Sherzod Ashirovni oʻz sohasida erishayotgan havasga munosib yutuqlari hamda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz. Yuksak iqtidor sohibi boʻlgan bu yosh oʻqituvchiga gʻayrat va shijoat tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026