Aholini röyxatga oliş dasturi haqida
Şaxsga doir maʼlumotlarni yiğiş amalga oşiriladigan savollar röyxati aholini röyxatga oliş dasturidir.
Aholini röyxatga oliş dasturi quyidagi savollarni öz içiga oladi:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
tuğilgan sanasi va joyi;
yoşi;
jinsi;
millati;
fuqaroligi;
yaşaş joyi (turgan joyi);
tillarni bilişi;
maʼlumoti;
nikoh holati;
bolalarining soni;
uy xöjaligi tarkibi;
uy-joy şaroitlari;
bandligi;
yaşaş uçun mablağlar manbalari;
migratsiya.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan aholini röyxatga oliş dasturiga qöşimça ravişda boşqa savollar kiritilişi mumkin.
Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirga taalluqli axborotni öz içiga olişi mumkin bölgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvçi savollar kiritilişiga yöl qöyilmaydi.
Röyxatga oliş varaqlarining şakllari aholini röyxatga oliş dasturi asosida işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶