SUDLARDA SODDALAŞTIRILGAN IŞ YuRITIŞ TARTIBI JORIY ETILADI
Özbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentyabrdagi "Sudga murojaat qiliş uçun yanada qulay şaroitlar yaratilişi va fuqarolik protsessiga soddalaştirilgan iş yuritiş tartibi joriy etilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi ÖRQ-716-sonli qonuni qabul qilindi. Uşbu Qonun joriy yilning 17-sentyabr kunidan boşlab qonuniy kuçga kirdi.
Mazkur Qonun bilan sud hujjati ustidan şikoyat qiliş jarayonidagi ayrim byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş maqsadida Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslar, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi va Maʼmuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodekslarga özgartirişlar kiritildi. Uşbu özgartirişlarga muvofiq bahosi katta bölmagan daʼvolarni sudya tomonidan yakka tartibda, sud muhokamasini ötkazmasdan, taraflarni çaqirmasdan, ular tomonidan takdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tuşuntirişlarni, eʼtirozlarni yoki vajlarni tekşirişni belgilovçi soddalaştirilgan tartibda iş yuritiş mexanizmi joriy qilindi. Soddalaştirilgan iş yuritiş tartibida körib çiqilayotgan iş arizani iş yuritişga qabul qiliş va iş qözğatiş haqida ajrim çiqarilgan kundan eʼtiboran 20 kundan oşmagan muddatda sud muhokama ötkazmasdan, taraflarni çaqirtirmasdan va ularning tuşuntirişlarini eşitmasdan körib çiqadi. Endilikda şikoyatlarga hamda sud hujjatini yangi oçilgan holatlar böyiça qayta köriş töğrisidagi arizalarga iş böyiça qabul qilingan sud qarorlarining tasdiqlangan köçirma nusxalarini ilova qiliş talabi amaldan çiqariladi.
Mazkur Qonunda muhim vazifalar öz aksini topgan. Ularning amaliyotda joriy etilişi sohada qulayliklarni yaratiş bilan birga, xodimlar faoliyatini töğri baholaşda inson omilining kamayişini, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari sudlarda ortiqça vaqt va xarajatlar sarflanmasdan tezroq himoya qilinişini taʼminlaydi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶