SUD MASʼULLARI MAHALLALARDA UÇRAŞUVLAR ÖTKAZIŞDI
Nukus şahridagi Gulzar, Botanika boği, Jiydeli baysin, Naöqan bağ va Şimbay şayxana mahallalarida sud masʼullarining uçraşuvlari ötkazildi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqarği Kengesi raisi M.Kamolovlar tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpoğiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlaş, jinoyatçilik profilaktikasini yanada takomillaştiriş, odil sudlovni taʼminlaş va korruptsiyadan holi hududga aylantiriş böyiça Yöl xaritasi”ning 24-bandi ijrosini taʼminlaş maqsadida ötkazilgan uşbu uçraşuvlarda hudud fuqarolari iştirok etdilar.
Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi M.Karimbayeva tomonidan “Yöl xaritasi”ga köra fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan mazkur tadbirlarda hukuqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşda amalga oşirilayotgan işlar töğrisida tuşuntirişlar berildi. Undan taşqari, Özbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi “Yer uçastkalarini ajratiş va ulardan foydalaniş, şuningdek, yerlarni hisobga oliş va davlat yer kadastrini yuritiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” gi ÖRQ-708-sonli Qonuni hamda Özbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi “Intellektual mulk obʼektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş tögrisida”gi ÖRQ-709-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati töğrisida ham batafsil maʼlumot berildi. Bu borada doimiy ravişda amalga oşirilişi lozim va şart bölgan çora-tadbirlar, vazifalar töğrisida söz yuritildi.

Uçraşuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş borasidagi mavjud muammolar ham örganib çiqildi.
Fuqarolar sud masʼullariga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar olişdi.
M.Karimbayeva, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶