USTOZLAR KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Taʼlim-tarbiya odamzot kamoloti va jamiyatning taraqqiyotiga daxldor masaladir. Şuning uçun ham taʼlim-tarbiyani özlarining umr mazmuniga aylantirgan öqituvçi va murabbiylarga davlatimiz va hukumatimizning eʼtibori yuksak darajada. Çunki ustozlar murğakligimizdanoq qalbimizga ezgulik uruğlarini soçadi, qölimizdan tutib, maʼrifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulaşadi.
Biz erişayotgan ulkan yutuqlarimiz, qölga kiritayotgan ğalabalarmizda ularning hissasi katta. Şu sabab, ularni mudom şaraflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Respublikamizning barça taʼlim muassasalari, idora va taşkilotlarida "Öqituvçi va murabbiylar kuni"ga bağişlangan tadbirlar ötkazilayotgani quvonarlidir.
Şu qatori bizning 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabimizda ham ustozlar kuniga atab bayram tadbiri ötkazildi. Tadbirda maktabimizning barça pedagog-öqituvçilari iştirok etişdi. Öquvçilar tomonidan aytilgan şeʼr va qöşiqlar, sahna körinişlari, bayram sovğalari barça ustozlar könglini toğday kötardi. Ayniqsa, 2-sinf öquvçilari tomonidan tayyorlangan çiqişlar barçamizning könglimizdan joy oldi.
Maktabimiz – ikkinçi uyimiz. Unda taʼlim olayotgan öquvçilar, ularga ham taʼlim, ham tarbiya berayotgan fidoyi öqituvçilar uçun ustoz va murabbiylar kuni haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Yulduz Tursunboyeva, 16-sonli IDUMning
ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶