Yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş mavzusida öquv-seminari bölib ötdi
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini, ayniqsa, örta va quyi böğinda huquqiy jihatdan taʼminlaş hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat körsatişga qaratilgan islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Prezidentimizning «2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi Farmoniga muvofiq davlat organlari va taşkilotlariga markazlaşgan yuridik xizmat körsatiş tizimini joriy qiliş yuzasidan tizimli işlar olib borilmoqda. Şu maqsadda qabul qilingan Prezidentning “Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori bu borada muhim dasturilamal bölmoqda.
Mazkur Qaror bilan 2021-yil 1-oktyabrdan boşlab, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar Adliya boşqarmalari huzurida yuridik xizmat körsatiş markazlarini respublikaning barça tuman va şaharlarida taşkil etiş belgilangan.
Joriy yilning 27-sentyabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan davlat organlari va taşkilotlarining tuman bölinmalari rahbarlari hamda masʼul xodimlari iştirokida öquv-seminari bölib ötdi. Seminarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati xususida söz yuritilib, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjat almaşinuv jarayoni körgazmali tarzda namoyiş etildi.
Öquv-seminarida taʼkidlanişiça, yuridik xizmat körsatiladigan davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlaş, davlat taşkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam körsatiş, davlat taşkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oşiriş, davlat taşkilotlarining mulkiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlari öz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinişini taʼminlaş, davlat taşkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bölişini taʼminlaş joylarda taşkil etilayotgan yuridik xizmatlar körsatiş markazlarinining asosiy yönalişlari etib belgilangan.
Şuningdek, 2021-yil 1-oktyabrdan boşlab davlat taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş bilan boğliq barça maʼlumot va jarayonlarni töliq elektron ravişda yiğiş, qayta işlaş, tahlil qiliş va amalga oşiriş imkonini beruvçi “E-huquqshunos” elektron tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etilişi belgilandi.
Qayd etilişiça, “E-huquqshunos” elektron tizimi qator asosiy imkoniyatlarga ega bölib, elektron tizimga içki buyruq, şartnomalar va boşqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritiş hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalaniş, elektron tizimdan foydalanuvçi taşkilotlar tomonidan şaxsiy kabinetga kiriş, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlaş, qayta işlaş va xulosa oliş uçun yuridik xizmatlar körsatiş markazlariga yuboriş, markazlarning masʼul xodimlari tomonidan, tegişli xulosa tayyorlaş, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktiriş hamda özaro hujjat almaşiş kabi qator qulayliklar yaratiladi.
Öquv-seminar davomida iştirokçilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Nilufar Jumaniyozova, tuman Yuridik xizmatlar körsatiş markazi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶