1-OKTYaBR – ÖQITUVÇI VA MURABBIYLAR KUNIGA
Insoniyatning ong-tafakkuri rivojlangani sari u yaratgan bilimlar ham ortib bordi. Tarix fanidan bizga maʼlumki, ijtimoiy ong şakllaridan biri bölgan fanni tarmoqlarga ajratgan qadimgi yunonlarda töplangan bilimlarni kelgusi avlodga örgatuvçi kişilarni “pedagoglar” deb ataşgan. Bora-bora bilimlar bilan birga uni öqitiş usullari ham takomillaşib borgan. Har bir davrda, u qaysi mamlakat bölmasin, agar sanʼat rivoji uçun şaroit bölsa ijodkor kişilar, harbiy harakatlar ustuvor bölganda qöşin boşliqlari, falsafaga ehtiyoj bölganda faylasuflar, fan taraqqiy qilişi uçun imkon bölganda olimlarning taʼlim berişlari muhim hisoblangan. Buyuk geografik kaşfiyotlar, fan-texnika yutuqlaridan söng taraqqiyot yanada tezlaşib ketdi, insoniyat XX asrni öz tafakkuri va irodasining kuçi asrlar böyi amalga oşmagan möjizalarni qilişga qodirligining yana bir isboti sifatida tarixga muhrladi. Endilikda inson özining uzoq ajdodidan farqli ravişda jamiyatning ongli kişisi sifatida yaşaşi uçun köp narsalarni bilişga majbur. Bu biliş yöli esa uzoq va bepoyondir, undan yolğiz bormoq adaşişlarga olib boradi. Bu yölning boşidan bizga uni yaxşi biluvçi, bizga örgatuvçi ustozlar hamroh böladi. Tafakkurimiz rivojlanişi uçun oldin borliqni anglaymiz, özimizgaça yaratilganlarni örganamiz, boşqaça aytganda, devor tiklaş uçun oldin poydevor hosil qilamiz. Bunda öqituvçi bergan bilimlar kurtagining ahamiyati katta böladi.
Maktabga ilk qadamini qöygan bolaning ongida xotiralar, sezgilar, ota-onasi orqali olgan birinçi taassurotlar mavjud böladi. Haqiqiy bilimlar bilan u taʼlim jarayonlarida tanişadi, fikrlaş könikmasi şakllanadi, özida mavjud bölgan qobiliyatlar namoyon böla boşlaydi. Uşbu jarayonlarda bilimlar va öquvçi orasida ularning birinçisini ikkinçisiga yetkazuvçi öqituvçining örni katta. Boğ parvariş qiladigan boğbonning işi qança maşaqqatli bölsa, insonni yetuk qilib jamiyatga olib kiruvçi öqituvçining masʼuliyati ham şunçalik oğir. Kişi hayotida erişgan barça yutuqlarda öziga berilgan bilim va tarbiya, uni bergan kişining zahmati aks etib turadi.
Ustoz va murabbiylik keng tuşunçadir. Faqat öquv dargohlarida emas, balki keng hayotda, uning turli jabhalarida bizga zarur bölgan, kömak beradigan bilimlar, yöl-yöriq, maslahatlarini bergan kişilar ham ustoz hisoblanadi. Garçi bir davrda yaşamagan bölsalar-da, biroq asarlari özi uçun maktab vazifasini ötagani, köp narsalarni örgatgani uçun Abdulla Qahhor rus adibi Çexovni özining ustozi deb bilgan edi. Hayot yöli, qilgan işlari bizga örnak bölgan va ruhan tarbiyalagan, bevosita va bilvosita bergan maslahatlari, gaplari hayotimizni yaxşi tomonga özgartirgan kişilar ustoz deb atalmoqqa loyiqdir.
Kişi öz-öziga ham ustoz bölişi şart. Bizga berilgan taʼlimdan taşqari mustaqil öqib-örganişning ham örni ğoyat ahamiyatli. Öz ustimizda işlamasak, bizga örgatilganlarning samarasi kuçli bölmaydi. Erkin va ijodiy fikrlaş orqali yangi bilimlarni yaratamiz, hamma davrlarda şunday bölgan, biroq oldinga qarata taşlangan har bir qadamimizning ostida zamin – bilimlar, ularni bizga bergan Ustozlarning maşaqqatli mehnati yotadi.
Siroj Olimov, Amudaryo tumani 30-sonli umumtaʼlim maktabining
Ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶