KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BOLALAR NAFAQASI JORIY ETILADI
Prezidentimiz tomonidan şu yil avgust oyida “Kam taminlangan oilalarga moddiy yordam körsatiş va kambağallik bilan kuraşiş kölamini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmon qabul qilindi. Farmonga köra, 1-sentyabrdan boşlab, 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoşga tölguniga qadar uni parvariş qiliş nafaqasi örniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bolalar nafaqasini tayinlaşda inobatga olinadigan yoş 14 yoşdan 18 yoşgaça, tölov muddati 12 oygaça oşiriladi.
Nafaqaning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib çiqib belgilaş tartibi qöllaniladi. Şuningdek, bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tölovlarining miqdorlari belgilandi.
Bunda 2021-yil 1-sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoşga tölguniga qadar uni parvariş qiliş nafaqasi hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni tölaş muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni tölaş muddatlari saqlab qolinadi.
Şu bilan bir qatorda, uşbu Farmon asosida şu yil 1-sentyabrdan boşlab, fuqarolar tomonidan yangidan kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanganda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentyabrdagi Qaroriga muvofiq un va qolipli non sotib oliş uçun qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun tölanadigan oylik pul kompensatsiyasi tölaş tartibi bekor qilindi.
B.Utaboyev,
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi
tuman bölimi şöʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶