22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Fan va taʼlim 👁 328

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrigi

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrigi

Aziz ustozlar, qadrli oʻqituvchi va murabbiylar!

Avvalo, barchangizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana — 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Oʻqituvchi va murabbiylar haqiqiy maʼnoda hayotimiz charogʻbonlaridir. Biz kim boʻlmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar taʼlim va tarbiya berishgan.

Xalqimizda "Ustoz otangdek ulugʻ", degan soʻz bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan eʼzoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi oʻqituvchisiga boʻlgan hurmat abadiy muhrlanadi.

Shuning uchun ham Sizlardan taʼlim va tarbiya olgan, oʻzini oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha insonlar nomidan Siz azizlarga har qancha minnatdorlik bildirsak, shuncha oz. Hayot bor ekan, oʻqituvchilik va murabbiylik kasbi oʻzining maʼno-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yoʻqotmaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yoʻlidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi", – degan soʻzlari fikrimizning yaqqol tasdigʻidir.

Bugun Siz azizlarning kasb bayramingizni keng nishonlar ekanmiz, fursatdan foydalanib, yosh avlodga bilim, taʼlim va tarbiya berishdek mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingiz uchun barchamiz samimiy minnatdorchilik bildirishni oʻzimizning insoniy burchimiz deb bilamiz.

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Yurtimizda mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori taʼlim sohasida ham misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishildi. Mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻygan hozirgi kunda barcha islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallashi avvalo ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh boʻla olishimiz bilan uzviy bogʻliq, desak, hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi.

Shularni inobatga olgan holda muhtaram Prezidentimiz oʻz lavozimiga kirishgan ilk kunlardanoq taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratdi. Maktabgacha taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, sohada davlat-xususiy sherikchilik tizimi yoʻlga qoʻyildi, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻla qoʻyildi. Natijada oʻtgan 5-yil ichida bolajonlarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi bir necha barobar oshdi.

Maktab taʼlimi ham isloh qilinib, 11 yillik taʼlim tizimi bilan birgalikda Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar tashkil qilindi. Pedagog kadrlar va xalq taʼlimi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimining takomillashtirilishini, uzoqni koʻzlab tatbiq etilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini siz, hurmatli ustoz va murabbiylar albatta hammadan koʻra yaxshi tushunasiz.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlimning sirtqi va kechki taʼlim turlari yoʻlga qoʻyilgani, mavjud oliy taʼlim muassasalarining qamrovi oshirilib, yurtimizda koʻplab xorijiy taʼlim dorgohlarining filiallari ish boshlagani natijasida oliy taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari ham bir necha barobar oshdi.

Eng muhimi, oʻqituvchilik kasbining jamiyatimizda nufuzi yuksaldi. Ustoz va murabbiylarning oylik ish haqlari oshirib, ularni oʻz vakolat doirasiga kirmaydigan boshqa ishlarga jalb qilishga chek qoʻyildi.

Davlatimiz va hukumatimizning, jamiyatimizning oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan hurmat va eʼtiborini bugun tumanimizda faoliyat yuritayotgan 85 ta umumtaʼlim maktablari, 117 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 2 ta kasb-hunar maktablari, muhandistlik texnikumi, Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi kabi dorgohlarda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va murabbiylar ham yaqqol his qilmoqdalar, desak ayni haqiqat boʻladi.

Hurmatli ustozlar!

Qaysi jamiyat oʻqituvchini, ustoz va murabbiyni hurmat qilsa, oʻsha jamiyatning kelajagi albatta porloq boʻladi. Bugungi kunda yurtimizda taʼlim sohasidagi barcha saʼy-harakatlarning asosida “Oʻzbekistonda eng obroʻli inson – muallim boʻlishi kerak” degan gʻoya yotadi.

Muhtaram Prezidentimizning “Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni Uchinchi Renessansning toʻrt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-oʻqituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uygʻonish davrining toʻrt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz” degan gaplari Siz azizlarning mehnatlaringizga berilgan yuksak baho va zimmangizga yuklatilgan buyuk vazifadir.

Bundan keyin ham farzandlarimizga zamonaviy ilm-fan va kasb-hunar asoslarini oʻrgatish, yuksak insoniy tuygʻu va fazilatlarni singdirish, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida bor kuch-gʻayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilishingizga ishonamiz.

Siz borsizki, hayotimiz nurafshon, ertangi kunimiz boʻlmish farzandlarimizdan koʻnglimiz toʻq. Fursatdan foydalanib yana bir bora Siz azizlarni, sizlar orqali barcha oʻqituvchi va murabbiylarni kasb bayramingiz bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sogʻ-omon boʻling, aziz ustozlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026