21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 15:40
Jamiyat 👁 493

MEHNATIDAN QADR TOPGAN FIDOYILAR

MEHNATIDAN QADR TOPGAN FIDOYILAR

Hayot baland-past dovonlardan, olis-yaqin manzillardan iborat. Har bir inson hayotdan örnini topiş, dilidagi orzu-niyatini röyobga çiqariş,  el-yurt ravnaqiga hissa qöşiş uçun şu dovonlarni zabt etib, közlagan manzillariga yetişga harakat qiladi.

EL XIZMATIDAGI ARDOQLI NURONIY

Umrini el salomatligini muhofaza qiliş, xastalarning dardiga şifo topişdek masʼuliyatli işga bağişlagan Sulton aka Tojiniyozov ham ana şunday insonlardan.  Bemorlar dardiga darmon bölib “Sulton döxtir”, deya tanilgan bu şifokor 70 yoşdan oşsa hamki, hamon xalqimiz xizmatida. Izlanişlardan çarçamay, har bir kasallik va uning şifo usullarini örganadi, tajribalarini yoş şogirdlariga qayta-qayta örgatişdan aslo erinmaydi.

Qipçoq ovulida, işçi oilasida 1948-yilda tavallud topgan S.Tojiniyozov bolalikdan juda qiziquvçan edi. Padari buzrukvori Safarboy ota farzandlarining tarbiyasiga alohida eʼtibor berdi. Ularning bilimli bölib ulğayişi uçun şaroit yaratişga harakat qildi. Opasi Gulsara tibbiyot sohasiga qiziqib, hamşiralik kasbini tanlaganida mustaqil hayot ostonasida turgan Sulton ham şu sohaga befarq emasligini angladi. Maktabni tugatib, Toşkent şahridagi Tibbiyot institutiga hujjat topşirdi va 1967-yilda talaba böldi. Institutni jarroh-urolog mutaxassisligi böyiça tamomlab, respublika kasalxonasida internatura ötadi. Internatura muddati tugaganidan söng, ilk iş faoliyatini tuman Tibbiyot birlaşmasining jarrohlik bölimida şifokor bölib işlaşdan boşladi. Sulton aka ötgan yillar mobaynida tuman şifoxonasida jarrohlik, urologiya bölimlari mudiri vazifasida ham işladi.

Sulton aka rahmatlik umr yöldoşi Maryam opa bilan 5 öğilni tarbiyalab voyaga yetkazişdi. Katta öğil Bahrom otasi kabi şifokor böldi. Ayni paytda Toşkent şahridagi xalqaro xayriya taşkilotlaridan birida şifokor. Davron, Ğayrat, Botirlar yakka tadbirkorlik bilan şuğullanadi. Ravşanbek esa “Şimolgaztaʼminot” unitar korxonasining “Amudaryotumangaz” filialida çilangar bölib işlayapti.

Sulton aka işdan böş vaqtlarini xonadon oldidagi tomorqada özi barpo etgan möʼjazgina boğda ötkazadi. Mevali daraxtlarni parvarişlaydi, işkomlarga osilgan tör-qovoqlardagi bedanalar, tötiquşlar, kaptarlarini oziqlantiradi. Jonli tabiatni xuş köradigan şifokor uyda, akvariumda turli baliqlar ham boqadi.  

Sulton aka tajribali şifokor sifatida har bir bemorini sinçiklab tekşiruvdan ötkazadi. Muolajalarning ketma-ket qöllanilişini nazorat qiladi. Jarrohlik amaliyotini qöllaşda ham öz hayotini işonib topşirgan bemorning dardini yengillatişga harakat qiladi. Şu tufayli u el oldida ham, hamkasblari oldida ham hurmat, eʼtibor qozondi. Ayniqsa, şogirdlari ulkan tajriba maktabiga ega ustozni juda qadrlaşadi.

S.Tojiniyozovga 1992-yilda “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan tibbiyot xodimi” unvoni, 2015-yilda “Mustaqillikning 25 yilligi” kökrak nişoni berildi. Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida esa hamon elga xizmat qilib kelayotgan, yoş şifokorlarning sevimli ustozi, tajribali urolog-jarroh “Ardaqli nuraniy” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

U bilan ötkazgan suhbatimizda, mehnatlarining davlatimiz tomonidan bir neça bor eʼtirof qilingani uni yanada köproq masʼuliyat bilan işlaşga undaşini, bundan keyin ham özining ezgu işlari bilan yoşlarga namuna bölişga harakat qilişini faxr bilan eʼtirof etdi.

 

ÖZ IŞINING USTASI

Ana şunday samimiy, dilkaş va har doim yordamga şay insonlar atrofdagilar qalbidan tez örin oladi. Oddiy işçi, bölganda ham öz işining ustasi, turli muşkul vaziyatlarda yeçim topib, doim yonidagilarning oğirini yengil qilişga harakat qiladigan zamondoşlarimizdan biri – Omonboy aka Hojiboyev haqida ham şunday desak aslo mubolağa bölmaydi. Ayni paytda “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati çeklangan jamiyatining tuman filiali ustasi vazifasida işlayotgan bu inson deyarli 30-yildan buyon xalq xizmatida.

O.Hojiboyev umumtaʼlim maktabini tugatganidan söng, 1990-92-yillarda harbiy xizmatda böldi. Şundan söng, u özi yaşaydigan Bosuv mahallasidagi xöjaliklardan birida beş yil davomida işladi. Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlab kelayotgan, suvni quvurlar orqali xonadonlarga bir maromda yetkazib berayotgan korxonalardan bölgan “Tuyamöyin-Nukus” suv quvurlaridan foydalaniş boşqarmasida esa 1997-yildan çilangar bölib iş boşladi. Korxonadagi suv yetkazib beruvçi texnikalarni taʼmirlaşda, quvurlardagi, suv yöllaridagi nosozliklarni bartaraf etişda jonbozlik körsatib işlagan, öz bilganlarini örgatib, boşqalarga ham kömak berişdan aslo oğrinmaydigan fidoyini keyinçalik usta vazifasiga tayinlaşdi. Jonkuyar usta goh kunduzi, goh keçasi bölsa ham suv inşootlaridagi nasoslar, qurilmalarni sozlab, bir maromda işlaşini taʼminlaşga özini masʼul deb biladi.

Omonboy aka umr yöldoşi Jongil opa bilan birgalikda uç öğil va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazişdi. Katta öğil Ğiyosjon ota izidan borib, ustaçilikni örgandi. Hozir u otasi bilan birga “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati çeklangan jamiyatining tuman filialida çilangar bölib işlamoqda. Qolgan farzandlarini ham jamiyat koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazib, elga qöşişmoqda.

Kamtarinlik, tirişqoqlik, fidoyilik kabi xislatlarni jamoa xöjaligida traktorçi bölgan otasidan örgangan Omonboy aka bolalikdan texnikalarga qiziqar edi. Traktor buzilgan paytda otasiga yordamlaşib yurib, har bir ehtiyot qismning qanday vazifani bajarişini tuşunib olar, kerakli uskunalarni adaşmay keltirib berişga harakat qilardi. Şundanmi, özi ham texnikalarni işdan çiqarayotgan nosozliklarni aniqlaşga juda qiziqadigan, topib, bartaraf  etmaguniça tinçimaydigan böldi. Işda ham mana şu jonkuyarligidan, öz işiga masʼuliyatliligidan hurmat qozondi.  Usta har bir şogirdiga bu hunarni astoydil örgatar ekan, doim kamçiliksiz bajarişlarini talab etadi.

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida har bir kunini elga naf keltiriş bilan ötkazayotgan Omonboy akaga “Öatan pidayisi”  kökrak nişoni berildi. Mehnatlari qadr topganidan çin dildan quvongan usta uçun bu haqiqiy bayram sovğasi böldi.

AMU ELINI DUNYoGA TANITGAN SPORTÇI

Yana bir yurtdoşimiz, nafaqat Amu elining, balki butun Özbekistonning sevimli farzandiga aylangan sport ustasi – dzyudo kuraşi böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Şarofaddin Boltaboyev ham eng aziz, eng uluğ  bayramimiz arafasida davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor böldi. Yurtimiz şarafini jahon arenalarida turib, şonli himoya qilgan yoş sportçiga “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi” unvoni berildi.

Amudaryodan yetişib çiqqan mohir sportçi Ş.Boltaboyev 2015-yilda Quvaytda sportning dzyudo turi böyiça bölib ötgan Osiyo çempionati 2-örinni, şu yili Polşa davlatida sportning dzyudo turi böyiça bölib ötgan Yevropa kubogida 3-örinlarni egallaşga muvaffaq böldi. 2017-yil Toşkent şahrida sportning dzyudo turi böyiça bölib ötgan Toşkent Gran Pri musobaqalarida 3-örin,  şu yili Çexiya davlatida sportning dzyudo turi böyiça bölib ötgan Yevropa kubogida 3-örin ğolibligini qölga kiritdi.

2018-yil Çexiya davlatining Praga şahrida sportning dzyudo turi böyiça bölib ötgan Yevropa kubogida 3-örinni egalladi. 2019-yil Dubay şahrida ötkazilgan Osiyo çempionatida 2-örin, Arab amirligi Fujeyrah şahrida “Asian-Pacific Championships Seniors and Teams 2019” kattalar örtasidagi Osiyo – Tinç okeani çempionatida 2-örin, Toşkent şahrida bölib ötgan Toşkent gran-prisi “Tashkent Grand Prix 2019” sport musobaqasida 1-örinlar ğolibi böldi.

Şarofaddin yutuqlarni qölga kiritişda davom etib, 2020-yil Parij şahrida bölib ötgan “Paris Grand Slam” sport musobaqasida 2-örinni egalladi.

2021-yil fevral oyida Tel-Aviv şahrida bölib ötgan “Tel-Aviv Grand Slam” sport musobaqasida 1-örin, Toşkent şahrida ötkazilgan “Tashkent Grand Slam” musobaqasida 2-örin ğolibi deb topildi. Yoş sportçi 2021-yilda Yaponiyaning Tokio şahrida bölib ötgan XXXII yozgi Olimpiya öyinlarida iştirok etiş maqsadida yöllanmani qölga kiritiş uçun belgilangan ballni qölga kiritib, oçkolar hisobini 4681 taga yetkazdi va 81 kg. vazn toifasida dunyo reytingida 7 poğonaga kötarilişga erişib, Olimpiya öyinlarida qatnaşişga muvaffaq böldi.

Faxrli sportçi, yurtdoşimiz  Ş.Boltaboyev dzyu-do sport turi böyiça 2012-2021-yillarda bölib ötgan barça Özbekiston Çempionati va kuboklarida oltin, kumuş medallarni  qölga kiritişga muvaffaq böldi.

Sportning dzyudo böyiça Özbekiston milliy terma jamoa aʼzosi sifatida yurtimiz şarafini himoya qilib kelayotgan, Özbekiston nomini dunyoga tanitayotgan Ş.Boltaboyev  “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi” unvoniga har tomonlama munosibdir.

Jamiyat taraqqiyotiga qöşgan munosib hissalari, zahmatli mehnatlari evaziga davlatimizning turli mukofotlariga sazovor bölgan yurtdoşlarimizni sa-mimiy muborakbod etamiz.

OzodaXudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026