XITOY OVULIDA “MEHNATI ELDA AZIZ USTOZIM” DEB NOMLANGAN BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI
Tumanimizda Ustozlar va murabbiylar kuni keng miqyosda, tantanali ravişda nişonlandi. Ayniqsa, taʼlim maskanlarida uşbu bayram munosabati bilan turli tadbirlar ötkazildi.
Xitoy ovulida ham 85- va 2-sonli umumtaʼlim maktablari öqituvçi va öquvçilari iştirokida “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomlangan badiiylaştirilgan bayram keçasi ötkazildi. Keçada taʼlim maskanlarida faoliyat körsatib kelayotgan ustoz-murabbiylar, sohada köp yillar mehnat qilgan faxriylar va boşqalar qatnaşişdi.
Bayram keçasini 85-sonli umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Mohira Erdonova kiriş sözi bilan oçdi va boşqarib bordi. Ikkala maktab öquvçilari tomonidan ham bayramga qizğin tayyorgarliklar körilgani keça boşlanişidayoq namoyon bölib, barçaning köngliga zavq bağişladi. Ayniqsa, 5-,6-,7-,8-sinf öquvçilarining ustozlar haqida turli xalq tillarida ijro etgan şeʼrlari barçaga juda manzur böldi.
Qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Qurbonoy Duysenboyeva, faxriy öqituvçi Tursunboy Abdullayevlar barçani umumxalq bayrami bilan muborakbod etib, ustoz va murabbiylar şaʼniga iliq fikrlar bildirdilar. Keça davomida 7-sinf öquvçi qizlari ijro etgan ommaviy raqs, 9-sinf qizlari ijrosidagi “Mustazod” raqslari barçaga xuşkayfiyat bağişladi.
Mehnat faxriysi, şifokor Tojiboy hoji Bozorboyev barçani bayram bilan tabriklab, Xitoy ovulidan yetişib çiqqan taniqli insonlar haqida sözladi. Bu insonlar ham şu maktablar partalarida ötirib, ustozlaridan çuqur bilim olganlari, bugungi kunda olamga maşhur insonlar bölib yetişganligini faxr bilan aytib ötdi.
Şundan söng, 7-sinf öquvçi-qizlari “Sumbula” qöşiğiga raqs ijro etib, musiqa va sanʼat sohasida ham iqtidorlarini şakllantirişayotganini namoyon etişdi.
Bayram keçasida tumanda faoliyat olib borayotgan yoş ijodkorlarning “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov ham sözga çiqib, soha fidoyilarini tabrikladi. Mamlakatimizda yoş avlodning kelajakda ongli, bilimli, zukko bölib yetişişlariga barça imkoniyatlar yaratib qöyilganligi, bu borada ustoz-murabbiylarning mehnatlari beqiyos ekanligiga alohida töxtalib ötdi.
Keça davomida 9-sinf öquvçilari ijro etgan “Beşta muhim taşabbus” qöşiği ham barçaga manzur böldi. Qöşiq orqali öquvçilar mamlakatimiz yoşlarining har tomonlama yetuk insonlar bölib kamolga yetişida naqadar ulkan maqsadlar olğa qöyilganligini faxr bilan bayon etişdi. Darhaqiqat, beşta taşabbus ijrosini taʼminlaş bilan yoş avlod barça közlagan çöqqilarini zabt etişiga aslo şubha yöq.
Öquvçi-qizlar maktab sahnasida inglizça qöşiq va raqs ijro etişib, maktabda faqat çet tillarni örganibgina qolmay, qardoş xalqlarning musiqasi, sanʼati, madaniyati bilan ham taniş ekanliklarini yana bir bor namoyiş etdilar.
Tadbirda boşlanğiç sinf öqituvçisi Zebo Soburova ham ustozlar haqida samimiy sözlar aytib, özining çuqur ehtiromini körsatdi. Şundan söng, 2-sonli umumtaʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi, faxriy öqituvçi Ahmad Nafasov barçani bayram bilan qutlab, “Ustozlarga” deb nomlangan şeʼrini öqib berdi.
Bayram keçasi kuy-qöşiqlar, tabriklar bilan mazmunli ötdi.
(Maxsus muxbirimizdan)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶