Oila – muqaddas dargoh
Muhtaram Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek, oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini taʼminlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita taʼsir körsatadigan tarbiya maskanidir.
Bola tarbiyasida oila birlamçi örin tutadi. Bola maʼnaviyatining şakllanişi oiladan boşlanadi. Jamiyat esa oilalardan taşkil topadi. Oila azal-azaldan xalqimizda muqaddas dargoh sanaladi. Barça milliyqadriyatlar, urf-odat va anʼanalar oilada şakllanadi. Quş uyasiga talpingani kabi, inson ham qayerda bölmasin oilasiga intiladi, oilasidan halovat topadi.
Oila inson va jamiyat uçun şunçalik muqaddas va qadrli ekan, barça birdek uning muqaddasligini anglab,qadriga yetayaptimi? Farzandining tarbiyasida, ertaga qanday inson bölib voyaga yetişişida, avlodining davomiyligini taʼminlaşda oilasining tinçligi, mustahkamligi, ahil va totuvligi, maʼnaviy barqaror ekanligi eng muhim omil ekanligini hamma ham töğri tuşunib, anglab turmuş qurayaptimi? Xalqimizda "Quş uyasida körganini qiladi” degan purmaʼno maqol bor. Hayot tajribasi şuni körsatadiki, qaysiki oilada ota-ona maʼnaviy qaşşoq, fikri tor, qadriyatlarni anglamaydigan yoki hurmat qilmaydigan, hayotga yengil qaraydigan, bir söz bilan aytganda oila muqaddasligini anglamaydigan bölsa, şu oilada ösgan farzand hayotda öz örnini topa olişi muşkul. Ota-bobolarimiz oila muqaddasligiga alohida eʼtibor qaratişgan. Buning uçun bölajak qudalar bir-birini yaxşilab sörab-suriştirib, kelajakda oila qurayotgan yoşlar har tomonlama soğlom bölsa, özlaridan köpayib, tinib-tinçib, ahil, inoq va totuv yaşab keta olişiga közi yetsa, töy qilişgan. Xalqimizda "Qudaçilikming yilçilik” degan maqol bejizga aytilmagan.
Afsuski ayrim ota-onalarning beparvoligi tufayli yoşlar hali oila qurişga tayyor bölmasdan, bir-birini töğri anglamasdan, oxirini öylamasdan qurgan turmuşlari oqibatida bugun ajrimlar köpaymoqda. Natijada bolalar tirik yetim bölib, birovi otasi bilan, birovi onasi bilan yoki umuman ota-ona mehridan mosuvo bölib, bobo-buvisi yoki boşqa qarindoşlari qaramoğida qolayotgan hollari ham uçramoqda. Keyingi vaqtlarda bunday salbiy holat köpayib borayotgani kişini taşvişga soladi. Ajrim bölayotgan oilalarni örganganimizda er-xotinning oila masʼuliyatini his qilmasdan, oddiygina qilib, "biz kelişa olmaymiz, xarakterimiz töğri kelmaydi”, - degan javobini eşitamiz. Boşqalarni bilmadim-u, bizning xalqimiz bolajon xalq, dunyoda bolam deb yaşaydi. Bolasi uçun hamma narsaga tayyor. Xalqimizga xos bu maʼnaviy qadriyatni davlatimiz yuritayotgan siyosatida ham köramiz. Mustaqillik yillarida oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, soğlom farzandlar tuğilişi, yoşlarning har tomonlama soğlom va barkamol bölib ulğayişi uçun juda katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoş avlod taʼlim-tarbiyasi, ularning barkamol bölib voyaga yetişiga munosib şart-şaroit yaratiş kabi vazifalar öz aksini topganini köramiz. Olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini töğri tuşungan, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, yaxşi natijalarga erişayotgan oilalarni, ayniqsa yoşlarni körib közimiz quvonadi.
Lekin guruç kurmaksiz bölmaganidek, ayrim oilalarda farzandlarini emas, balki faqat öz huzur-halovatini öylagan ota-onalar arzimagan kelişmovçilik tufayli ajraşib ketayotgani juda taşvişlanarli holdir.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oila, ota-ona va farzand munosabatlarini tartibga soluvçi qonuniy asoslar yaratildi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaining 63, 64, 65, 66-moddalari oila, ota-ona, farzandlar munosabatlariga bağişlangan. Jumladan, 63-moddasida: "Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, deyilgan bölsa, 64-moddasida: "Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar” deb belgilab qöyilgan. Şuningdek "Taʼlim töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasida: "Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning huquqlari va manfaatlarini himoya qilişlari şart hamda ularning tarbiyasi, maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus kasb-hunar taʼlimi olişlari uçun javobgardirlar” deb belgilangan. "Oila Kodeksi”ning 73-moddasida: "Ota-ona öz bolalarini tarbiyalaş huquqiga ega va tarbiyalaşlari şart. Ota-ona öz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uçun javobgardir. Ular öz bolalarining soğligi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida ğamxörlik qilişlari şart. Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olişini taʼminlaşi şart”, deb belgilab qöyilgan. Yana, "Oila kodeksi” ning 65-moddasida: "Har bir bola oilada yaşaş va tarbiyalaniş, öz ota-onasini biliş, ularning ğamxörligidan foydalaniş, ular bilan birga yaşaş huquqiga ega. Bola öz ota-onasi tomonidan tarbiyalanişi, öz manfaatlari taʼminlanişi, har taraflama kamol topişi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinişi huquqiga ega” deyilgan. Har yili Davlat byudjetining 60 foizga yaqini ijtimoiy sohaga, inson manfaatlarini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Şunday şaroitda ota-onalik masʼuliyatini unutib, özining ötkinçi havaslarini farzandlaridan-da ustun qöyib, farzandlarini tirik yetim qilib ajraşib ketayotgan oilalarning borligi özini yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga daxl-dorman, deb hisoblaydigan barçani birday taşvişlantiradi, albatta.
Tuman xotin-qizlar qömitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi, "Kamolot” YoIH tuman Kengaşi, tuman FHDYo bölimi, fuqarolar yiğinlari, taʼlim muassasalari masʼul xodimlari, mahalla faollari bilan birgalikda oilalarni örganiş, aniqlangan notinç oilalar bilan işlaş, farzandining taʼlim-tarbiyasi, hayotda öz örnini topa oladigan, har tomonlama bilimli, yetuk, komil insonlar bölib yetişişida ota-ona masʼuliyati kabi mavzularda bir qança işlar olib borilmoqda. Lekin oilaviy ajrimlar sodir bölayotgani hali ham olib borayotgan hamorlikdagi işlarimizning yetarli emasligini körsatadi. Şuning uçun "Oila - mahalla - taʼlim muassasasi” hamkorlik kengaşlari işini yanada jonlantiriş, "Ota-onalar universiteti” işini samarali taşkil etiş, mahallalarda xotin-qizlar bilan işlaş, voyaga yetmaganlar masalalari böyiça komissiyalar, ayniqsa yaraştiriş komissiyasining yanada yaxşi faoliyat olib borişini taʼminlaşimiz, yoş oilalar bilan muntazam tuşuntiriş va tarğibot işlarini samarali taşkil etişimiz zarur.
Ayniqsa, aholini oilaviy tadbirkorlikka yönaltiriş borasidagi işlar xususan fuqarolar yiğinlarida taşkil etilgan "Maslahat markazlari” faoliyati samarali taşkil etilsa, mahallaga biriktirilgan Bandlikka kömaklaşiş markazi inspektorlarining mahallalar bilan hamkorligi yanada yaxşilansa, oila byudjeti yanada yaxşilanadi, eng muhimi, oilada mehnatsevarlik muhiti şakllanadi. Mehnatni sevgan, mehnatni qadrlagan oilada farovonlik böladi, yaxşi farzandlar kamol topadi. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir.
Xulosa örnida Muhtaram Prezidentimizning quyidagi sözlarini keltirmoqçiman: "Har qanday jamiyatning farovonligi va maʼnaviy mezoni – bu oilaning ahilligi, oilaning mustahkamligidir”.
M.Ahmedova,
tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶