21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:28
Salomatlik 👁 263

BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA MAXSUS TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLISh BOʻYIChA MAXSUS TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Botulizm – ogʻir asoratlarni keltirib chiqaruvchi xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik oqibatida ommaviy zaharlanishlar sodir boʻlib, koʻp hollarda fuqarolarning oʻlimiga sabab boʻladi. Shu bois botulizm kelib chiqishining oldini olish maqsadida tushuntirish-targʻibot tadbirlari muntazam ravishda tashkil etilib boriladi.

Amudaryo tumanida ham shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan “Ovqatdan ommaviy zaharlanishlar – botulizm kasalligini oldini olishda FVDT tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Joriy yilning 4-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan mazkur oʻquv mashgʻuloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi va hududlarini radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza qilish bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boʻyicha koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv mashqlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan tashkil etildi.

Dastlab tuman Tibbiyot birlashmasida seminar oʻtkazildi. Tadbirga hamkor tashkilotlardan 44 nafar kishi jalb qilindi. Seminarni Tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi shifokori Farhod Qoʻshmanov ochib berdi. Shundan soʻng, botulizm  kasalligi haqida maʼruza qildi. Kasallikning qanday belgilar bilan paydo boʻlishi va uni davolash usullari toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtdi. Seminar davomida Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman boʻlimi shifokori Durbek Bobojonov ham soʻzga chiqib, botulizm kasalligining kelib chiqish sabablari, uning asoratlari va oldini olish usullari toʻgʻrisida hayotiy misollar asosida tushunchalar berdi.

Seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hududiy davlat quyi tizimi va fuqaro muhofazasi faoliyatini tashkil etish xavfsizlik targʻiboti boʻlinmasi boshligʻi Bekzod Tajiboyev ham maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida yil davomida aholi orasida ovqatdan zaharlanish bilan murojaat etgan bemorlar, ayniqsa, ular orasida voyaga yetmagan yoshlarning koʻpchilikni tashkil qilishi, bozorlardagi konserva mahsulotlarini xarid qilishda eʼtibor qaratish kerak boʻlgan jihatlar xususida maʼlumot berdi. Shuningdek, uyda qoʻlbola usulda tayyorlanadigan tuzlangan pomidor va bodringlarni saqlash, isteʼmol qilishdan oldin suvi, taʼmi va hidi oʻzgarmaganligi, oʻzgargan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kerakligini aholiga keng tushuntirib borish lozimligini alohida taʼkidladi. Shundan soʻng, oʻquv mashqi ishtirokchilariga mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.

Oʻquv mashqining amaliy qismida bozordagi qoʻlbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlar xarid qilib, uyiga olib borgan, isteʼmol qilgan fuqaroga yordam koʻrsatish tartibi koʻrsatib berildi. Mashq davomida fuqaro oʻzini yomon his qilib, tez tibbiy yordam chaqirdi. U botulizm kasalligiga gumon qilinib, tuman Tibbiyot birlashmasiga olib ketildi va tibbiy muolaja qilindi. Mashgʻulot davomida Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman boʻlimi xodimlari voqea joyini oʻrganishdi. Qoʻlbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlardan namunalar olib, laboratoriyada tekshirishdi. Bozordagi tadbirkorlar, sotuvchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borib, eslatmalar tarqatishdi.

Oʻquv mashqi 57 nafar shaxsiy tarkib va 2 ta maxsus texnikalar ishtirokida oʻtkazildi va tuman favqulodda vaziyatlar davlat qutqaruv tizimi xizmatlariga cheklangan tayyor deb baholandi.

H.MATYoQUBOV, tuman FVB boshligʻi podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026