BOŞLANĞIÇ SINF ÖQITUVÇILARI ÖZARO TAJRIBA ALMAŞDILAR
Sentyabr – Boşlanğiç taʼlim fan oyligi doirasida 1-sonli umumtaʼlim maktabida biri-biridan qiziqarli tadbirlar ötkazildi. Xususan, “Matematika – barça fanlar kaliti”, “Kimning xati çiroyli”, “Yoş rassomlar”, “Yoş matematiklar”, “Mohir qöllar körik-tanlovlari taşkil etilib, uşbu körik-tanlovlarda barça boşlanğiç sinflar öquvçilarining iştiroki taʼminlandi.
2-oktyabr kuni oylik doirasidagi barça tadbirlar umumlaştirilib, Öqituvçi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Biz Yangi Özbekiston kelajagimiz!” mavzusida yakuniy tadbir ötkazildi.
Fan oyligi doirasida “Kimning xati çiroyli” körik-tanlovida 2-,3-,4-sinflar öquvçilari örtasida diktantlar yoziş böyiça musobaqalar ötkazildi. “Yoş matematiklar”, “Metamatika – barça fanlar kaliti”, “Mohir qöllar”, “Yoş rassomlar” körik-tanlovlari iştirokçilari turli xil matematik amallarni bexato bajariş, boşqotirmalar yeçiş, tabiat manzaralarini çiziş, oddiy ipak va qoğozlardan, gazlama qirqimlaridan çiroyli buyumlar yasaş böyiça bahslaşdilar. Mazkur körik-tanlovlar yakunida ğoliblar aniqlanib, maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Şuningdek, fan oyligi doirasida boşlanğiç sinflar öqituvçilari, namunali oçiq darslar taşkil etişdi. Öqituvçilar örtasida “Eng yaxşi dars işlanmasi”, “Eng yaxşi körgazmali qurollar” körik-tanlovlari ham ötkazilib, boşlanğiç sinf öqituvçilarining dars ötiş mahorati, öz sinfida devoriy gazetalarni bezatiş böyiça didi va uslubi sinovdan ötkazildi. Har bir sinf öqituvçisi tomonidan taşkil etilgan oçiq darsni maktabning boşlanğiç taʼlim uslubbirlaşma aʼzolari va malakali öqituvçilar, ota-onalar qömitasi aʼzolari kuzatib bordilar.
Tadbirda fan oyligi doirasida faol iştirok etgan öquvçilar, şuningdek, ötkazilgan körik-tanlovlar ğoliblarining nomlari alohida eʼtirof etilib, maktab maʼmuriyati tomonidan rağbatlantirildi. Boşlanğiç sinf öqituvçilari örtasida ötkazilgan “Eng yaxşi” körgazmali qurollar” va “Eng yaxşi dars işlanmasi” körik-tanlovlari ğoliblarining nomlari alohida eʼtirof etildi va munosib taqdirlandi.
Şuningdek, tadbirda “Eng yaxşi devoriy gazeta”ni tayyorlaşda faol iştirok etgan yoş ijodkor-öquvçilar ham aniqlandi. Yoş ijodkor-öquvçilar ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Boşlanğiç taʼlim fan oyligi doirasida maktabda ötkazilgan barça tadbirlar öquvçilar va öqituvçilarning oylik doirasida erişgan yutuq va kamçiliklari yuzasidan hisobot hamda taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar samarasi sifatida qayd etildi.
Şu bilan birga boşlanğiç taʼlim fanlari öqituvçilari erişilgan yutuqlari böyiça bir-birlari bilan tajriba almaşib, kamçiliklarini muhokama etdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶