Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini körsatiş tizimi yanada takomillaştirilmoqda
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi aholiga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini körsatib, samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Markaz tomonidan joriy yil boşidan aholiga jami 59 mingdan ortiq davlat xizmatlari körsatilgan bölib, bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan ança kötarilgan.
Markazda tadbirkorlik subektlarini davlat röyxatidan ötkazişda tizimli işlar olib borilayotgan bölib, joriy yilning şu davriga qadar 600 nafardan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar, 200 dan ortiq yuridik şaxslar davlat röyxatidan ötkazilgan.
Aytiş kerakki, joriy yilning sentyabr oyida imzolangan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv işi va iş yuritiş sohasida davlat xizmatlari körsatişning ayrim maʼmuriy reglamentlarini trasdiqlaş töğrisida”gi qarori bilan davlat xizmatlari röyxatiga yangi xizmatlar kiritilişi fuqarolarga keng qulayliklar yaratib, ularning qator muammolari hamda murojaatlariga bitta maskan - Davlat xizmatlari markazlari orqali yeçim topişlariga zamin yaratdi.
Qayd etiş joizki, tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş könikmalarini şakllantiriş böyiça ham qator samarali işlar amalga oşirilmoqda. Markaz xodimlari tomonidan elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş böyiça bekletlar, qator qöllanmalar işlab çiqilib, keng jamoatçilikka yetkazilmoqda. Bu boradagi tizimli çora-tadbirlar samarasi ölaroq, fuqarolarning davlat xizmatlaridan elektron şaklda foydalaniş körsatkiçlari ötgan yilga nisbatan salkam ikki barobar oşgan.
Şu bilan birga tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari şahar markazidan olis hududlarga borib, fuqarolarga sayyor tarzda ham davlat xizmatlari körsatişni taşkil etib kelmoqdalar. Bu esa insonlarning oğirini yengil, muşkulini oson qilib, qator qulayliklarni yaratmoqda.
Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶