13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş kuni
FAVQULODDA HODISALAR DOIMO HUŞYoR VA SERGAK BÖLIŞNI TALAB ETADI
Maʼlumki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1992-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 1990-1999-yillar, yaʼni Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş ön yilligi davomida oktyabr oyining ikkinçi çorşanbasi Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş kuni sifatida nişonlanişi eʼlon qilindi.
2001-yilning 21-dekabr kuni Boş Assambleyaning rezolyutsiyasi bilan anʼanani davom ettirişga va har yili kunni tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş madaniyatini şakllantiriş, jumladan tabiiy ofatlarning oldini oliş, oqibatlarini yumşatiş va ularga tayyorgarlikni taʼminlaş vositasi sifatida nişonlanişga qaror qilindi. Şundan boşlab, har yili oktyabr oyining ikkinçi çorşanbasida dunyo hamjamiyati Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş kuni nişonlana boşladi.
2009-yilning 21-dekabr kuni esa 13-oktyabr Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş kuni deb eʼlon qilindi.
Heç bir mamlakat favqulodda vaziyatlardan töla kafolatlanmagan. Tabiiy ofatlarning katta-kiçigi bölmaydi, u mavsum tanlamaydi. Ayrim mamlakatlarda jazirama issiq hukm sursa, baʼzi ölkalarda kutilmaganda sel va suv toşqinlari yuz bermoqda. Qaysi bir davlatda yonğin bölsa, boşqasida buning aksi bölmoqda. Yer silkinişi, köçki hodisalari ham köplab kuzatiladi. Joriy yilda ham dunyoning köpgina mamlakatlar tabiiy ofatlardan ança jabr kördi.
Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş Assambleyasi Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş kunini ötkaziş töğrisidagi rezolyutsiyasini bejiz qabul qilmagan.
Favqulodda vaziyat vaqt tanlamaydi. Favqulodda vaziyatlarning yuz berişiga, xususan, tabiiy ofatlarga tayyor turiş, undan muhofazalaniş qoidalarini yoşlikdan boşlab özlaştiriş joizdir. Ofatlar xavfini kamaytiriş faoliyatini maktabdan boşlaş kerakligi bejiz aytilmagan.
Şuning uçun ham yuz berişi ehtimoli bölgan tabiiy ofatlarning oldini oliş va bartaraf etiş, aholini favqulodda vaziyatlardan ogoh qiliş borasida aksariyat davlatlar muhofaza tadbirlar ötkazib kelinmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda ham har yili Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş kuni keng nişonlanadi. Zero, respublikamiz maydonining katta qismi seysmik faol hududda joylaşganligi, zilzila, sel va suv toşqinlari, tuproq va qor köçkilari, toğlardan toş tuşişi hodisalari boğliq tabiiy ofatlar yuz berişi ehtimoli mavjudligi bizdan bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratişni, doimo huşyor va sergak turişni talab etadi.
Begzod Tajiboyev, tuman FVB bölinma boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶