Variativ sinfidagi barça bitiruvçilari yuz foiz talaba bölgan 56-sonli maktabda seminar ötkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda barça sohalar qatori taʼlim sohasini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor berilayapti. Şu boisdan ham yurtimizda “Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boşlanadi” degan ğoya asosida keng kölamli islohotlar amalga oşirilayapti. Bular maktab taʼlimini tubdan yaxşilaş va uning sifatini oşiriş, muallimlarga munosib şaroit yaratiş borasidagi işlarda yaqqol körinib turibdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş kontseptsiyasini 2019-yilda amalga oşirişning yöl xaritasida belgilangan bandlarini amalga oşiriş maqsadida 2019-yilning 28-dekabrida Xalq taʼlimi vazirining “Umumiy örta taʼlim maktablarida variativ öquv rejalarni tajriba-sinovdan ötkaziş töğrisida”gi buyruği qabul qilingan edi. Uşbu buyruq asosida mamlakatimizning bir qança umumtaʼlim maktablarida variativ sinflar taşkil etildi.
Joriy yilning 8-oktyabr kuni 56-sonli maktabda mazkur maktabda faoliyat yuritayotgan ilğor öqituvçilarining variativ öquv rejalari asosida öqitiş borasidagi tajribalarini ommalaştirişga bağişlangan seminar ötkazildi.
Aytiş joizki, tumanimizdagi 56-sonli maktabning matematika fani öqituvçisi Azimboy Saparboyev tumanimizda birinçilardan bölib variativ sinf taşkil etişning taşabbuskori böldi.
Bugungi kunda maktabda Azimboy Saparboyevning şogirdlaridan Xuşnud Çorşamov va Nafosat Tilovboyevalar ham variativ sinflarda dars ötiş jarayonlarini yanada takomillaştiriş yölida astoydil harakat qilmoqdalar.
Bu taşabbuskor öqituvçilarning öquvçilarga yangiça uslubda taʼlim beriş borasidagi harakatlari tahsinga sazovor bölmoqda. Ularning fidoyiliklari tufayli 2020-2021 öquv yili yakuniga köra umumiy örta taʼlim maktablarida variativ öquv rejalar asosida taşkil etilgan sinflar öquvçilarining oliy öquv yurtlariga qabul qilinişi borasidagi reyting natijalariga köra 56-sonli maktab Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi örinni egalladi.
Maktabning matematika fani öqituvçisi Azimboy Saparboyev, fizika fani öqituvçisi Xuşnud Çorşamov hamda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Nafosat Tilovboyevalarning öquv jarayonini taşkil etişda öquvçi manfaatlarini inobatga oliş, öquv jarayonini kompetentsiyaviy yondaşuv asosida taşkil etiş, öquv jarayonini öquvçilarning individual xohişlariga muvofiq variativ öquv rejalar asosida taşkil etiş, öquvçilarning oliy taʼlim muassalariga kirişda imtihon topşiradigan fanlarni çuqur örganişlariga şaroitlar yaratiş borasidagi harakatlari yaxşi natijalarni berdi.
Bunga maktabda taşkil etilgan variativ sinflar bitiruvçilaridan 94 foizining oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirganligi yaqqol misol böla oladi.
Mazkur ilğor öqituvçilarning tajribalarini ommalaştirişga bağişlab ötkazilgan seminarda tuman xalq taʼlimi bölimi xodimlari va umumtaʼlim maktablari öqituvçilari iştirok etdilar.
Seminar iştirokçilari dastlab maktabda taşkil etilgan variativ sinflarda dars ötiş jarayonlari bilan tanişdilar va matematika fani öqituvçisi Azimboy Saparboyev, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Nafosat Tilovboyeva hamda fizika fani öqituvçisi Xuşnud Çorşamovlarning dars ötiş uslublarini örgandilar.
Şundan keyin seminarning ikkiçi qismi boşlanib, uni tuman Xalq taʼlimi bölimi taʼlim sifati monitoringi boş inspektor-metodisti Raşan Xolmurodov kiriş nutqi sözlab oçdi va olib bordi.
Seminarda 56-sonli umumtaʼlim maktabining matematika fani öqituvçisi, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼloçisi, “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni sohibi Azimboy Saparboyev va fizika fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼloçisi Xuşnud Çorşamovlar sözga çiqişib, variativ sinflarda öqitiş yuzasidan özlarining iş tajribalari haqida gapirdilar.
Şundan keyin 21-sonli maktab direktori Tursunboy Dösçonov va 50-sonli maktab direktori Alişer Eşniyozovlar sözga çiqişib, maktabda taşkil etilgan variativ sinflar va ularning öqituvçilari faoliyatiga katta baho berdilar, bu yerdagi ilğor tajribalarni tumandagi barça örta taʼlim muassasalariga keng yoyiş böyiça öz taklif va istaklarini bildirdilar.
Seminar yakunida maktab direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼloçisi Arzigul Xudoyberganova sözga çiqib, maktab öqituvçilarining iş tajribalarini ommalaştirişga qaratayotgan eʼtibori uçun tuman Xalq taʼlimi bölimi rahbariyatiga öz minnatdoçiligini bildirdi va maktab jamoasining variativ sinflar faoliyati bilan tanişişni, bu yerdagi öqituvçilarning iş tajribalarini örganişni xohlovçilar uçun doimo yordamga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Şu bilan 56-sonli maktab öqituvçilarining variativ öquv rejalari asosida faoliyat körsatadigan sinflarni taşkil etiş va öqitiş borasidagi tajribalarini ommalaştirişga bağişlagan seminar öz işini yakunladi.
A.JUMANIYoZOV, maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶