Ingliz tili fani böyiça oçiq dars ötkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni öqitiş orqali yoş avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, qadimiy va boy merosimizga iftixor tuyğusi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilib bu borada samarali işlar qilinmoqda. Yoşlarning çet tillarni mukammal örganişlari, barça sohalarda çet tilini bilgan holda özlarini namoyon eta olişlari uçun zarur şart-şaroitlar va imkoniyatlar yaratilib, ularning xorijiy tilda oğzaki va yozma nutqlarini rivojlantirişga yönaltirilgan tizimli işlar taşkil etilmoqda.
Taʼlim muassasalarida taʼlim oluvçilarning çet tilida fikr yuritişlari, erkin nutqni amalga oşira oliş qobiliyatlarini rivojlantiriş, intellektual faoliyatini şakllantiriş, çet tilini tez va oson örganişlariga alohida eʼtibor qaratilib, dars jarayonlari öquvçilarning mustaqil izlanişlariga yönaltirilgan holda taşkil etilmoqda. Bu borada zamonaviy taʼlim metodlaridan samarali foydalangan holda ötkazilayotgan oçiq darslar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 30-sonli umumtaʼlim maktabida ingliz tili fani böyiça ötkazilgan oçiq darsda öquvçilarning çet tili böyiça bilimlari yanada boyitildi. Maktabning 6-sinf öquvçilari uçun taşkil etilgan dars maşğulotida “What is in the fridge?” mavzusida öquvçilarda yangi bilimlar hosil qilindi.
Maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Nargiza Qurbanboyeva uşbu oçiq darsga astoydil tayyorgarlik körgani dars jarayonida yaqqol namoyon böldi. Oçiq darsda tuman Xalq taʼlimi bölimi inspektor metodisti Rayhon Yakubova, ingliz tili fani metodisti Farida Şamsiddinova hamda maktabning turli fan öqituvçilari iştirok etdilar hamda ingliz tili fani öqituvçisi Nargiza Qurbanboyevaning pedogogik mahorati bilan tanişdilar.
Oçiq dars jarayonida dastlab öquvçilardan uyga berilgan vazifalari söraldi, söngra elektron doska orqali yangi mavzu yuzasidan tuşunçalar berildi. Öqituvçi oçiq darsda ham anʼanaviy ham zamonaviy taʼlim metodlaridan, innovatsion pedogogik texnologiyalardan, turli körgazmali qurollardan hamda tarqatma materiallardan foydalandi.
Oçiq darsning öquvçilarni kiçik guruhlarga ajratgan holda, öyin texnologiyalaridan foydalanib taşkil etilgani öquvçilarning darsga bölgan qiziqişlarini yanada oşirib, ularning maşğulotda faol iştirokini taʼminladi.
Aytiş kerakki, bugungi kunda mamalakatimizda çet tillarni öqitişning sifatini oşiriş va yanada samarali usullarini taʼlim jarayoniga tadbiq qiliş, çet tillari böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini yanada rivojlantiriş, ilmiy salohiyatli mutaxassislarni tayyorlaş taʼlim sohasidagi dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz taʼlim tizimida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan, çet tillarni öqitişda nutqiy muloqotga yönaltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni yorituvçi va informatsion texnologiyalar bilan jihozlangan darsliklar, öquv-qöllanmalarni yaratiş va öquv jarayoniga joriy etib, xorijiy til taʼlimini yanada takomillaştiriş milliy taʼlim dasturining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Yoşlarga çet tillarini mukammal tarzda örgatişda öqituvçilarga katta masʼuliyat yuklatilgan bölib, ulardan öz ustida muntazam işlaş, dars jarayonlariga ijodiy yondaşiş, doimo bilim, könikma va malakalarini oşirib boriş talab etiladi.
Tumanimizdagi 30-sonli maktabda ingliz tili fani böyiça taşkil etilgan oçiq darsda öqituvçi Nargiza Qurbanboyevaning öz kasbiga bölgan mehri hamda işiga bölgan masʼuliyati bilan oçiq darsda iştirok etganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶