Fan oyligi doirasida “Qadring baland bölsin ona tilim!” tadbiri bölib ötdi
Butun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarida oktyabr – filologiya fanlari oyligi doirasida jahon va mumtoz adabiyotining zabardast yozuvçilari, şoirlari hamda zamonaviy adabiyot namoyondalarining hayoti va ijodiga bağişlangan adabiy-musiqiy keçalar, oçiq darslar, filologiya fanlari öqituvçilarining maktablararo tajriba almaşuvlari, öquvçilar örtasida zakovat bahslari ötkazilmoqda.
Ana şunday tadbirlar 65-sonli maktabda ham yuksak saviyada taşkil etilib, unda 5-sinfdan 11-sinfgaça barça öquvçi-yoşlar qamrab olinib, oçiq darslar, zakovat bahslari orqali ularning bilimlari sinovdan ötkazilmoqda.
Joriy yilning 9-oktyabr kuni maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Anora Kazakova, Adolat Erboyevalar fan oyligi doirasida hamkorlikda taşkillaştirgan “Qadring baland bölsin ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maktab sahnasi mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning nodir namunalari bilan bezatildi.
Söz mulkining sultoni Alişer Navoiy, şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur, Furqat, Muqimiy, Maşrab, Nodirabegim, Çölpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Said Ahmad. Ötkir Hoşimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi özbek xalqining sevimli şoir va adiblari hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvçi körgazmali vositalar bilan bezatildi. Öquvçilar özbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti durdonalaridan öqib berdilar.
Şuningdek, fan oyligi doirasida biri-biridan mazmunli oçiq darslar taşkil etildi. Tajribali özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi Anora Kazakova tomonidan 8-sinflarda Mir Alişer Navoiy hayoti va ijodiga bağişlangan oçiq dars taşkil etildi. Oçiq darsda hududdagi 11-, 18-, 24-, 47-sonli umumtaʼlim maktablarining yoş ijodkor-öqituvçilari ham iştirok qildilar va darsning borişini kuzatişib, özaro tajriba almaşdilar.
Dars jarayonida öqituvçi buyuk mutafakkir yozuvçi, şoir, davlat va jamoat arbobi Alişer Navoiyning asrlar oşa dunyo xalqlari qalbida hayrat va havas uyğotib, hamon sevib öqilayotgan ölmas asarlari mazmun-mohiyatini öquvçilarga qiziqarli tarzda yetkazdi. Dars mazmunidan kelib çiqib, öquvçilar öz taassurotlarini jonli tarzda ifoda etişdi. Yaʼni, şoh Husayn Boyqaro va Navoiy monologini taʼsirli ijro qilib berib, sinfning özida Husayn Boyqaro va Alişer Navoiy döstligini tarannum etuvçi sahna körinişni namoyiş qildilar.
Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32-yil tölişi munosabati bilan “Qadring baland bölsin ona tilim!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va A.Navoiy ijodiy faoliyatini özida mujassam etgan namunali oçiq dars iştirokçilari bölgan 11-, 18-, 24-, 47-sonli umumtaʼlim maktablarining ijodkor-öqituvçilarida katta taassurot qoldirdi. Yoş ijodkor-öqituvçilar ötkazilgan oçiq darsning tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirişib, özaro tajriba almaşdilar.
Fiologiya fanlari oyligi doirasida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va namunali oçiq dars öquvçi-yoşlar qalbida maʼnaviy qadriyatlarga hurmat va ehtirom, ona tilimizga va adabiyotga mehr-muhabbat tuyğularini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶