PREZIDENT SAYLOVI KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINGAN HOLDA ÖTKAZILADI
Joriy yilning 24-oktyabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bölib ötadi.
Saylov – bu fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquqi hisoblanadi. Saylovda ön sakkiz yoşga tölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari iştirok etiş huquqiga ega.
Saylovçilar bu boradagi huquqlarini amalga oşiriş jarayonida Saylov Kodeksi va Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 25-avgust kungi Qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazişda koronavirus infektsiyasi (COVID-19) tarqalişining oldini oliş böyiça Yöriqnoma”da belgilangan qoidalarga amal qilişlari kerak.
Ovoz beriş 24-oktyabr kuni 8:00 dan 20:00 ga qadar ötkaziladi. Ovoz beriş vaqti va örni haqida uçastka saylov komissiyasi saylovçilarni saylovdan kamida ön kun oldin xabardor etadi. Saylovçilarni ovoz beriş joyi va vaqti haqida xabardor qiliş qöşimça ravişda ommaviy axborot vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tarğibot materiallari yordamida amalga oşirilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasining çet eldagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalarida tuzilgan saylov uçastkalarida ovoz beriş saylov kuni uşbu saylov uçastkalari joylaşgan yerdagi mahalliy vaqt bilan 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oşiriladi.
Saylovçi ovoz beriş binosiga kelganida uning tana harorati ölçanadi va qöliga antiseptik suyuqligi sepiladi, himoya niqobi bölmagan saylovçiga niqob beriladi va binoga kiritiladi. Saylovçi oraliq masofani saqlagan holda özining şaxsini tasdiqlovçi hujjatining tegişli betini oçadi va uçastka saylov komissiyasini uşbu hujjat bilan kontaktsiz tanişişiga imkoniyat yaratib, saylovçilar röyxatiga imzo qöyadi. Şundan söng, unga saylov byulleteni beriladi.
Saylovçi tibbiy qölqop kiygan holda röyxatga imzo qöyişi, saylov byulletenini olişi, ovoz beriş kabinasi (xonasi)da saylov byulletenini töldirişi hamda kabinada bir daqiqadan ortiq bölmasligi tavsiya etiladi. Qandaydir sababga köra tizimga familiyasi kirmay qolgan saylovçilarning familiyalari – şaxsi, fuqaroligi va yaşaş joyini tasdiqlovçi hujjat asosida saylovçilar röyxati ilovasiga kiritiladi.
Saylovçi saylov byulletenini olgaç, uni yaşirin ovoz beriş kabinasida töldiradi. Oldingi saylovlardan farqli turda joriy yilgi saylovda yaşirin ovoz beriş kabinalariga parda osilmaydi. Saylov byulletenini töldiriş çoğida ovoz beruvçi şaxsdan boşqa şaxslarning hozir bölişi taʼqiqlanadi.
Saylov byulletenini mustaqil ravişda töldiriş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçi öz xohişiga köra yaşirin ovoz beriş kabinasiga yoki xonasiga boşqa şaxsni taklif qilişga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan şaxslar, kuzatuvçilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
Saylovçi özi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning fa-miliyasi röparasida, öng tomonda joylaşgan böş kvadratga «+» yoki «P» yoxud «x» belgisini qöyadi. Ovoz beruvçi töldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga taşlaydi. Buzib qöyilgan saylov byulleteni saylovçining iltimosiga köra yangisiga almaştirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, saylovçilar saylov byulletenidagi faqatgina bir nomzodga ovoz berişi kerak. Sababi ovoz beriş vaqtida xato belgilangan saylov byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi. Saylovçi saylovçilar röyxatiga imzo qöyişda, saylov byulletenini olişda, yaşirin ovoz beriş kabinasida saylov byulletenini töldirişda tibbiy qölqopda bölişi, yaşirin ovoz beriş kabinasida bir daqiqadan ortiq bölmasligi tavsiya etiladi.
Saylovçilar va saylov jarayoni boşqa iştirokçilarining tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan taqdirda ular ovoz beriş xonasiga kiritilmaydi.
Bunda, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan saylovçilar uçun alohida ajratilgan joylarda ikki nafar uçastka saylov komissiyasi aʼzosi hozirligida köçma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yaşirin ovoz beriş huquqi taʼminlanadi.
Koronavirus infektsiyasidan uy şaroitida davolanayotgan saylovçining yaşaş joyida ovoz berişi taşkil etiladi.
Saylov Kodeksiga köra, agarda saylovçi 2021-yil 24-oktyabr kuni özi yaşaydigan joyda böliş imkoniyatiga ega bölmagan holda muddatidan oldin ovoz berişi, agarda soğligi holatiga yoki boşqa sabablarga köra ovoz beriş binosiga kela olmasa, turgan joyida ovoz beriş huquqiga ega.
Jamşid Bekimbetov, tuman Adliya bölimi boş maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶