25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 00:18
Jamiyat 👁 209

HAMIShA XALQ ORASIDA

HAMIShA XALQ ORASIDA

Siyosat maydonidagi insonlar uchun bir oltin qoida bor: xalq oldidagi masʼuliyatni toʻliq his qilib yashash. Chunki masʼuliyatni anglash boshqa, uni yurakdan his etib yashash boshqa. Ayniqsa, xalq ishonib saylagan deputatlar bu borada oʻta sinchkov va sezgir boʻlmas ekanlar, uning xalq nazaridan qolib ketishi hech gap emas. Agar taʼbir joiz boʻlsa, xalq deputatlari tuman Kengashiga OʻzMTDPdan saylangan deputat Guljahon Ibragimova nafaqat oʻz kasbiy faoliyati, balki 30-Nazarxon saylov okrugi saylovchilari oldidagi deputatlik burch va masʼuliyatini yurakdan his qilib yashashi, muammolar yechimini topishdagi fidoyiligi bilan ham nazarxonliklarning  eʼtiborini qozongan. Deputat sifatida xalq ishonchini qozonish uchun kamida  butun ongli hayotingni ana shu xalq ichida oʻtkazish, ularning dard-u tashvishlariga sherik boʻlib yashash lozim. G.Ibragimova buning uddasidan chiqolgan fidoyilardan. Shuning uchun ham u ketma-ket ikki marta – 2014, 2019-yillarda boʻlib oʻtgan saylovlarda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylandi. Qolaversa, tumandagi ovul va mahallalar raislarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlayotgan hamkasblari orasida eng koʻp – 17-yildan beri faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis hamdir.

Guljahon uchun belgilangan ish soatlarining oʻzi yoʻq. Koʻpchilik kasbdoshlari ertalab ofisga kelib, bir-ikkita qogʻoz qoralab, kuniga biron bir oilaga kirib yoki muammoli masalani oʻrganib-oʻrganmay: “ish vaqtim tugadi”, deb uyiga otlanib tursa, Guljahon ovulning u boshidan bu boshiga goh yayov, goh biron ulovda odamlar orasiga oshiqib ketaveradi. Birov moddiy koʻmakka muhtoj boʻlsa, yana birov huquqiy maslahat soʻrab murojaat qilgan boʻladi. Kimdir bemor, davolanishga qurbi yetmayotganidan deputatdan koʻmak soʻraydi. Shu bois, Guljahonning yigʻin raisining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatidagi vazifasi bilan deputatlik faoliyati uzviylikda, doimiy xalq orasida  boʻlishni talab etadi. Oʻziga nisbatan talabchanligidanmi yo ishga qatʼiyat bilan yondashishi tufaylimi, u zimmasidagi har ikkala vazifani ham chuqur masʼuliyat hissi bilan ado etadi, ish vaqtim tugadi, degan fikr uning xayoliga ham kelmaydi. Aksincha, u kechasimi, kunduzimi, qanday vaqt boʻlishidan qatʼiy nazar, ham deputat, ham yigʻin raisining oʻrinbosari sifatida oilalarga kirib boraveradi.

G.Ibragimovaning tinib-tinchimasligi bois, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida saylovchilar tomonidan tushgan 10 ga yaqin muammoli masalalar boʻyicha turli idora va tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari kiritilib, ularning ijrosi yuzasidan ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, Nazarxondagi Moyli koʻl aholi punktida istiqomat qiluvchi aholining yillar davomida toza ichimlik suvidan qiynalib kelayotganligi yuzasidan vakolatli tashkilotga kiritilgan deputatlik soʻrovi ijobiy hal etilib, mazkur muammoli masala 2022-2023-yilgi dasturga kiritildi. Bundan tashqari, 58-sonli maktabga olib boradigan yoʻlni, Nazarxon aholi punkti hududidagi 2 km. masofadagi qishloq yoʻlini taʼmirlash boʻyicha aholi murojaatlari ham atroflicha oʻrganilib, deputatlik soʻrovi kiritilgach, mazkur yoʻllar toʻliq taʼmirlandi.

Shuningdek, ovulning Moyli koʻl va Bekboy aholi punktlarida maktabgacha taʼlim tashkiloti yoʻqligi masalasi ham nazarxonliklarni qiynab kelayotgan ogʻriqli muammolar sirasiga kiradi. Bu boʻyicha tushgan murojaatlarni ham atroflicha oʻrganib, muammo yuzasidan tegishli boʻlimga deputatlik soʻrovi kiritgan G.Ibragimova ayni paytda dasturga kiritilishi uchun yelib-yugurib yurganini ham yashirmaydi.

Shu bois, Guljahon haqida gap ketganida nazarxonliklar:

– Guljahonmi, u ish uchun tugʻilgan, xalqning orasiga bir kun kirmasa, oromi boʻlmaydi, – deyishadi.

Shundanmi, ayniqsa, hayotida muammoga duch kelgan ayol-qizlar uni yoʻqlab kelaverishadi. Guljahonning yon daftarida esa uning faoliyat koʻlamini aks ettiruvchi qaydlar koʻpayib boraveradi. Tinib-tinchimas deputat bu qaydlarni iloji boricha  kamaytirish maqsadida uyma-uy kirib borib, nafaqat deputatlik, balki kasbiy faoliyati taqozosiga koʻra, oilalar va koʻmakka muhtoj ayol-qizlarning muammolarini ijobiy hal etish choralarini izlashdan aslo charchamaydi. Uning saʼy-harakatlari bilan bemor Raya Aytboyeva nogironlik aravachasi bilan taʼminlanishida, issiqxona qurishni niyat qilgan “Ayollar daftari”dagi Gulzoda Yuldashevaning va Qirmiza Razzaqova, Gulnoza Yusupovalarning imtiyozli kredit olib, oʻz-oʻzini ish bilan band qilishlarida yaqindan yordam berildi.

Xalqning orzu-intilishlari, dard-u tashvishlari bilan beorom yashashga oʻrgangan G.Ibragimovaning shaxsiy tashabbusi, saxovat-peshaligi ham eʼtiborga munosib. U boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalarda tez-tez boʻlib, ularning yashash tarzi, muammolarini oʻrganib borishni, iloji boricha ularni qoʻllab-quvvatlashni oʻzining insoniy burchi deb bilganidanmi, “men falon oilaga mana bunday yordam koʻrsatdim”, deb oʻzi qilayotgan ezgu amallarni hech qachon koʻz-koʻzlamaydi. Binobarin, bu haqda hududdagi Oʻ.Nurullayeva, M.Xudoyberganova, S.Safarova, V.Nizomiddinova, K.Arzimova, A.Davletmuratova, D.Reyimova, A.Yesimqarayeva, G.Turumbetovalar minnatdorlik bilan soʻz yuritadilar. G.Ibragimovaning saʼy-harakatlari, shaxsiy tashabbuslari tufayli farzandlariga koʻrsatilgan mehr-muruvvatdan mamnun boʻlganliklarini yashirmaydilar.

Guljahonning har yili musulmon olamida keng nishonlanadigan Iyd-Qurbon kunlari xamqishloqlariga koʻrsatadigan insonparvarlik va mehr-saxovat fazilatining oʻzi uning aziz xalqi qalbiga qanchalik singib ulgurganidan dalolat.

–  Xayr-ehson, mehr-muruvvat amalini maqtanib ado etmaydilar, – deydi Guljahon bu haqda soʻraganimizda. – Men shunchaki chin koʻngildan niyat qilib, shu niyatimni amalga oshirdim, xolos. Shu ehson xalqimizga xayrli boʻlsa, boʻldi.

Iyd-Qurbon munosabati bilan katta buqani soʻyib, goʻshtini nazarxonliklarga tarqatgan Guljahon Ibragimovaning xonadoniga Allohning xayr-u barakasi yanada ziyoda boʻlishini tilagan eldoshlarining duolari ijobatimi, u kirib borgan har bir xonadonda xalq uni mehr-muhabbat bilan, biri qizim, biri opajon, yana biri doʻst-u qurdoshim, deb kutib olishadi.

Biz uning serqirra mehnat faoliyatining ayrim jihatlarinigina qalamga oldik. Vaholanki, Guljahon Ibragimovaning Nazarxon ovuliga sanoatni olib kirish, yoshlarning bandligini taʼminlash, yosh isteʼdod egalarining oʻz qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlariga  koʻmaklashish, tomorqa xoʻjaligini, tadbirkorlikni rivojlantirish, toʻy-marosimlarni ixcham, tartibli oʻtkazish, milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash kabi keng qamrovli faoliyatining oʻzi alohida mavzu. “Shuhrat” medali, “Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligi” koʻkrak nishonlari sohibasi, oilada mehribon ona, sadoqatli umr yoʻldoshi, tinib-tinchimas deputat va fidoyi inson Guljahon Ibragimovaning hayoti va faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishishni dilimizga tugib, hozircha maqolaga nuqta qoʻydik.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026