“Qöşa qariş saodati” dasturi doirasida tadbir ötkazildi
Joriy yil oktyabr oyining birinçi haftasida butun mamalakatimiz böylab “Keksalar haftaligi” doirasida nuroniy otaxon va onaxonlarni jalb etgan holda turli dastur va loyihalar asosida bir-biridan ajoyib tadbirlar taşkil etildi.
Haftalik doirasida Amudaryo tumani Jumur ovul mahallasida ham tadbir bölib ötdi. Jumur ovul mahallasida yaşovçi Iskandarovlar xonadonida Fayzulla ota va turmuş örtoği Tojihol momo Iskandarovalarning turmuş qurganliklariga 70-yil tölişi munosabati bilan tantanali tadbir ötkazildi.
Otaxon va onaxon 70-yil birga yaşab, qöşa qariş baxtiga erişgan namunali oila sohib va sohibalaridir. Tadbirda ularning barça yaqinlari, farzandlari, nevara, evaralari, qarindoş-uruğlari, döst-birodarlari, mahalladoşlari iştirok etdilar.
Fayzulla ota Iskandarov 1929-yilda tuğilgan bölib, uruş yillarida Vatan oldida farzandlik burçini ado etib, özgalarga örnak bölgan front orti mehnat faxriysi hisoblanadi. Turmuş örtoği Tojihol momo 1930-yilda tuğilgan, uruş yilllari hayot qiyinçiliklarini otaxon bilan birgalikda boşdan keçirib kelgan hamda turmuşning past-u balandliklarini birga yengib ötgan. Ular beş nafar farzandni dunyoga keltirib, jamiyatda öz örni va mavqeyiga ega komil insonlar sifatida voyaga yetkazişgan. Ayni paytda ular farzandlar, nevaralar, evaralar baxt-u kamolini körib, ularning quvonçlariga şerik bölib, birgalikda keksalik gaştini surmoqdalar.
Kiçik farzandi Turdiboy aka Iskandarov hamda kelini Gulbahor opa Matmuratovalar otaxon va onaxon bilan birgalikda istiqomat qilişmoqda hamda ularga ğamxörlik qilişmoqda. Fayzulla ota va Tojihol momo 18 nafar nevara, 13 nafar evaralar tarbiyasida farzadlariga kömakdoş, maslahatdoş bölib, özlarining hayotiy tarjibalarini bölişmoqdalar.
Uşbu tabarruk oila ahil va inoqligi, bir-birlariga yaxşi-yomon kunlarda yelkadoş va tirgak böla olganliklari, hamişa bir-birlarini qöllab-quvvatlab kelişlari bilan jamiyatda, mahalladoşlari orasida öz örni, obrösi hamda hurmat-eʼtoboriga ega.
Otaxon va onaxonni qutlaş maqsadida tadbirga taşrif buyurgan tuman “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari Bekmon Allaberganov hamda kengaş aʼzosi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabovalar sözga çiqib, Fayzulla ota hamda Tojihol momolarni samimiy muborakbod etdilar hamda ularga uzoq-umr, sihat-salomatlik tiladilar. Tadbirda sözga çiqqanlar uşbu oilanining yaşaş tarzi, hayotiy tajribalari bilan hozirgi yoş oilalarga munosib örnak bölişini alohida taʼkidladilar.
Tantanali tadbirga yiğilgan mehmonlar ham bayram sababçilarining xursandçiliklariga şerik bölib, ularni muborakbod etdilar hamda eng ezgu tilaklarni bildirdilar.
Elimizdagi yoşi uluğlar yangi oila qurayotgan yoşlarga “qöşa qariş baxti nasib qilsin” deya duo qilişadi. Nuroniy otaxon va onaxonimizdan ana şunday duolarni oliş, ulardan örnak oliş maqsadida tadbirda mehmon bölayotgan hududdagi yoş oilalardan Yusupovlar, Kamolovlar, Ibodullayevlar oilalarida Fayzulla ota va Tojihol momoning qöşa qariş saodatiga yetişganliklari katta havas uyğotdi. Yoş oilalar Iskandarovlar oilasining mustahkamligi, ularning uzoq umr va tökin hayot keçirişlarini tiladilar hamda otaxon va onaxondan duo oldilar.
Tadbir mobaynida tumanimiz faollari hududda istiqomat qiluvçi, hozirda 95 yoşni qarşilayotgan otaxon Bekçon bobo Eşçanov xonadonida hamda 93 yoşli nuroniy onaxon Bika momo Rahimovalar xonadonida mehmon bölib, ularning holidan xabar oldilar. Yoşi uluğlarni haftalik bayrami munosabati bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdilar.
Mamalaktimizda azaldan yoşi uluğ hamyurtlarimizga hurmat va eʼtibor körsatiş, ularning oğirini yengil qiliş, salomatligi haqida qayğurişga oid ezgu işlarga katta eʼtibor qaratib kelingan. "Keksalar haftaligi" maʼrifiy-ijtimoiy haftaligi doirasida bu boradagi amaliy işlar yanada kengaydi, desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶