TIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 76-SONLI MAKTABDA TADBIR ÖTKAZILDI
Özbek tiliga 1989-yil 21-oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu xalqimizning milliy mustaqillikka erişiş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi va ona tilimizning bor gözalligi, jozibasini töla namoyon etiş bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantiriş borasida ham keng imkoniyatlar yaratildi. Şundan buyon har yili sana munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilib keng miqyosda nişonlaş anʼanaga aylandi. 2020-yildan boşlab esa özbek tiliga eʼtiborni yanada kuçaytiriş maqsadida Prezidentimiz tomonidan “Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisida”gi Qonun imzolanib, 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
18-oktyabr kuni 76-sonli maktabda ona tili va qoraqalpoq tili fanlari oyligi hamda tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 32-yil tölişi munosabati bilan katta tadbir ötkazildi. Tadbir doirasida dastlab oçiq darslar taşkil etildi. Oçiq darslarni hozirgi zamon talablari asosida taşkil etişga alohida eʼtibor berildi va maşğulotlarda ilğor usullar va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanildi.
Öquvçilarga til – millat közgusi ekanligi, uni mukammal örganiş orqali ona tiliga mehr-muhabbat mustahkamlanişi tuşuntirilib, ona tilimizning beqiyos imkoniyatlari, uning boyligi va sofligini saqlaş, ravnaqi yölida amalga oşirilayotgan amaliy saʼy-harakatlar töğrisida maʼruzalar qilindi.
Darslar davomida fan öqituvçilari yurtimizda davlat tiliga bölgan eʼtibor har qaçongidan ham kuçayganini, bugun ona tilimizni uluğlaş, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yoş avlodga yetkaziş maqsadida yurtimizda atoqli şoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablari taşkil etilgani töğrisida söz yuritişdi. Şuningdek, Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida saboq olgan yoşlar özbek tili va adabiyoti, badiiy ijod sirlarini çuqur örganişlari uçun barça şaroitlar yaratilayotganini taʼkidlab ötişdi.
Ona tiliga eʼtiborni, mehr-muhabbatni kuçaytiriş, ona tili millat maʼnaviyatining közgusi ekanini eʼtirof etiş, yozma savodxonligini oşiriş maqsadida öquvçilarga oçiq darslar mobaynida bayon va inşolar ham yozdirildi. Darslar davomida öquvçilar ham faol iştirok etib, bilimdonliklarini körsatişdi.
Oçiq darslardan söng, adabiy-musiqiy keça ötkazildi. Öquvçi-yoşlar ijrosidagi sahna körinişlari, kuy-qöşiqlar bilan davom etgan tadbir ona tili, adabiyot va maʼnaviyat bayramiga aylandi. Vatanimizni, ona tilimizni tarannum etuvçi şeʼrlar, kuy va qöşiqlarni maktabning 5-sinfdan 8-sinfgaça bölgan öquvçilari ijro etişdi. Ular ijrosida mumtoz adabiyotimiz namoyandalari bölgan Alişer Navoiy, Abdulla Avloniy, Çölpon, Uvaysiy, Zebuniso, Zulfiya, Muhammad Yusuf va boşqa atoqli ijodkorlar qalamiga mansub şeʼrlar, asarlaridan parçalar ham tinglandi. Tadbir asnosida har bir öquvçi qalbidagi ona tiliga bölgan çeksiz mehr-muhabbatini, faxru iftixorini namoyon etişga harakat qildi.
Til bayrami munosabati bilan, şuningdek, yoşlar qalbida ona tilimizga muhabbat, milliy va jahon adabiyotini teran nigoh bilan öqişga qiziqiş uyğotiş, kitobxonlik madaniyatini oşiriş maqsadida ötkazilgan mazkur tadbir barçaga birdek juda manzur böldi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶