SEYSMIK XAVFSIZLIKNI TAʼMINLAŞ TÖĞRISIDA QONUN QABUL QILINDI
Şu yil 13-sentyabr kuni Prezident tomonidan “Özbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlaş töğrisida”gi Qonun imzolandi.
Qonunga köra, seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obʼektlar ahamiyatiga köra quyidagi toifalarga bölinadi:
I toifa – xavflilik omili past bölgan obʼektlar;
II toifa – xavflilik omili örtaça bölgan obʼektlar;
III toifa – xavflilik omili yuqori bölgan obʼektlar;
IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bölgan obʼektlar.
Özbekiston hududida seysmik xavfni baholaş Fanlar akademiyasi tomonidan tegişli davlat organlari va taşkilotlari bilan birgalikda amalga oşiriladi. Seysmik faol zonalarda joylaşgan, quriliş normalari va qoidalariga muvofiq loyihalaştirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi obʼektlar har 5-yilda zilzilabardoşlikka doir vizual tekşiruvdan ötkaziladi. Seysmik faol zonalarda joylaşgan III–IV toifadagi obʼektlar har 10-yilda zilzilabardoşlikka doir instrumental-texnik tekşiruvdan ötkazilişi lozim.
Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi obʼektlar işga tuşirilayotganda zilzilabardoşlikka doir instrumental-texnik tekşiruvdan majburiy tartibda ötkaziladi. IV toifadagi obʼektlarga taalluqli suv omborlari töğonlarida va gidroelektrostantsiyalarda instrumental-texnik tekşiruvlar bir yilda ikki marta ötkaziladi.
Suv omborlari töğonlarining instrumental-texnik tekşiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bölgan har bir kuçli zilziladan keyin majburiy tartibda ötkaziladi.
Qonunga köra, kuçli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholaşga doir işlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oşiriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶