OÇIQ SAYYoR SUDDA 7 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN OLDIN JAZODAN OZOD ETILDI
Yurtimizda jinoyat sodir etgan şaxslarga sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini tuşunib yetişiga, tuzaliş yöliga ötib, jamiyatga nafi tegadigan inson bölib qaytişiga kömaklaşilmoqda. Aynan şu maqsadda taşkil etilgan Probatsiya xizmatlari faoliyati bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Probatsiya xizmati tomonidan şartli hukm qilingan va jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan şaxslarning xulq-atvori ustidan taʼsirçan nazorat örnatilişi natijasida ayrim jinoyat turlari kamayişiga erişilmoqda.
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan tuman Içki işlar bölimining maʼmuriy binosida oçiq sayyor sud majlisi ötkazildi. Sayyor sudda Probatsiya guruhida jazo muddatini ötayotgan nazorat ostidagi 7 nafar mahkumga nisbatan qöllanilgan jazolaridan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilişga doir iş körib çiqildi.
Şu yil 20-oktyabr kuni bölib ötgan uşbu sud majlisida Jinoyat işlari böyiça tuman sudi masʼullari, tuman prokurori yordamçisi Abboz Niyazimbetov, tuman Içki işlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori Ruslan Iskandarovlar iştirok etişdi.
Probatsiya guruhining taqdimnomasi asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasi tartibida körib çiqilgan sud işi davomida ularning hozirda tuzaliş yöliga ötganligi hamda jazoni ötaş davrida örnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda bölganligi eʼtiborga olindi. Nazorat davomida mahkumlarning sudlar tomonidan örnatilgan taʼqiq va çeklovlarga töliq rioya etgani, xulq-atvori yaxşi tomonga özgargani alohida aytib ötildi.
Sud işi davomida mahkumlarning belgilangan jazodan töğri xulosa çiqargani inobatga olinib, tuman içki işlar organlari Probatsiya guruhi taqdimnomasi qanoatlantirildi. Mahkumlar ötalmagan jazosidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Jazo muddatidan oldin ozod etilgan mahkumlar bilib-bilmay jinoyat köçasiga kirib qolganidan puşaymon ekani va sodir etgan jinoyatining oqibatlarini töliq anglab yetganini alohida eʼtirof etdilar.
Sud davomida jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinib, jazoning ötalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda Jinoyat Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaşi maʼlum qilindi.
Şu kuni jazodan ozod qilingan mahkumlarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkaziş tartibi hamda saylov qonunçiligi böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi. Saylov kuni 18 yoşga tölgan, qamoqda saqlaş joylarida uşlab turilgan hamda qamoqqa olingan şuningdek, ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyatlar sodir etganligi uçun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar ham ovoz beriş huquqiga ega ekanligi, özlari röyxatga kiritilgan saylov uçastkalarida belgilangan tartibda ovoz berişlari mumkinligi batafsil tuşuntirildi.
Sayyor sud majlisida jinoyatining oqibatlarini töla anglab, axloqan tuzaliş yöliga ötgan va jazodan muddatidan ilgari şartli ozod etilgan mahkumlar qilmişlari keçirilgani uçun davlatimizga minnatdorlik bildirdilar. Jamiyatda öz örnini topib, munosib xulq-atvorda böliş va yurtimiz rivojiga öz hissasini qöşişga qatiy söz berdilar.
J.Urazboyev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶