MEHNAT QONUNÇILIGIDA AYoLLARGA BERILGAN IMTIYoZ VA HUQUQ
Demokratik jamiyat taraqqiyëti darajasini belgilaş asosi sifatida, şu jamiyatda inson huquqlarini himoyalaşga asoslangan qonun, yaʼni Konstitutsiyasi bŭlişi lozim. Uşbu Konstitutsiya, birinçi navbatda, inson huquqlarini himoya qilişi bilan bir qatorda, mazkur davlatda iqtisodiĭ va ijtimoiĭ huquqlar ham himoyalanişi zarur.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining iqtisodiĭ va ijtimoiĭ huquqlarni himoyalaşga qaratilgan IX bobi muhim ahamiyat kasb etadi. Aĭniqsa, Konstitutsiyaning 37-moddasida, har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, oqilona mehnat şaroitlarida işlaş va qonunda kŭrsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga egaligi belgilangan bŭlib, sud hukmi bilan taĭinlangan jazoni ŭtaş tartibidan yëki qonunda kŭrsatilgan boşqa hollar, masalan, harbiĭ xizmat çoğida, favqulodda holat şaroitida va boşqalardan taşqari majburiĭ mehnat taʼqiqlanişi mustahkamlangan.
Yurtimizda erkaklar va ayëllarning teng huquqliligi taʼminlangan bŭlib, aĭnan bu huquq mehnat qiliş sohasida ham ŭz aksini topgan. Xususan, mehnat qiliş jarayënida erkaklar va ayëllar huquqlarining tengligi, ayëllarning yerkaklar kabi oğir va zararli işlarda ham işlaşlari mumkinligini anglatmaĭdi. Aëllarning oiladagi mavqeini hamda boşqa tomonlarni hisobga olib, qonunda ular uçun maxsus qoidalar va maʼlum yengilliklar belgilangan.
Homiladorligi yëki bolasi borligi sababli ayëllarni işga qabul qilişni rad etiş va ularning iş haqini kamaĭtiriş taʼqiqlanadi. Homilador ayëlni yëki uç yëşga tŭlmagan bolasi bor ayëlni işga qabul qiliş rad etilgan taqdirda iş beruvçi rad etişning sabablarini ularga yëzma ravişda maʼlum qilişi şart.
Tibbiĭ xulosaga muvofiq homilador ayëllarning işlab çiqariş va xizmat kŭrsatiş normalari kamaĭtiriladi yëki ular avvalgi işlaridagi ŭrtaça oĭlik iş haqi saqlangan holda yengilroq yëxud noqulaĭ işlab çiqariş omillarining taʼsiridan holi bŭlgan işga ŭtkaziladi. Homilador ayëlga yengilroq yëki noqulaĭ işlab çiqariş omillari taʼsiridan holi bŭlgan iş beriş masalasi hal etilgunga qadar, u ana şu sababdan işga çiqmagan barça iş kunlari uçun ŭrtaça oĭlik iş haqi saqlangan holda işdan ozod etilişi lozim.
Ikki yëşga tŭlmagan bolasi bor ayëllar avvalgi işini bajarişi mumkin bŭlmagan taqdirda, bolasi ikki yëşga tŭlgunga qadar avvalgi işidagi ŭrtaça oĭlik iş haqi saqlangan holda yengilroq yëki noqulaĭ işlab çiqariş omillarining taʼsiridan holi bŭlgan işga ŭtkaziladi. Homilador ayëllarni va ŭn tŭrt yëşga tŭlmagan bolasi, ŭn olti yëşga tŭlmagan nogiron bolasi bor ayëllarni ularning roziligisiz tungi işlarga, iş vaqtidan taşqari işlarga, dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga va xizmat safariga yuborişga ĭŭl qŭĭilmaĭdi.
Şu bilan birga homilador ayëllarni va uç yëşga tŭlmagan bolasi bor ayëllarni tungi işlarga jalb qilişga bundaĭ iş ona va bolaning soğliği uçun xavf tuğdirmasligini tasdiqlovçi tibbiĭ xulosa bŭlgan taqdirdagina ĭŭl qŭĭiladi.
A.Tojiboyev, tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi boş yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶