YuRIDIK XIZMAT KÖRSATIŞ MARKAZI FAOLIYaTI TARTIBI, FUNKTsIYa VA VAZIFALARI TUŞUNTIRILDI
Şu yil 1-oktyabrdan boşlab respublikamizning barça şahar va tumanlarida Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar adliya boşqarmalari huzurida yuridik xizmat körsatiş markazlari iş boşladi.
Yuridik xizmat körsatiş markazlari davlat taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş, xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oşiriş, mulkiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş kabi yönalişlarda faoliyat körsatadi.
28-oktyabr kuni tuman Madaniyat bölimida Yuridik xizmat körsatiş markazi masʼullari tomonidan Prezidentimizning bu boradagi Qarori mazmun-mohiyatini tuşuntiriş maqsadida yiğiliş taşkil etildi. Yiğilişda Markaz boşliği Nilufar Jumaniyozova va boş yuriskonsult Saidjon Sultonovlar qatnaşişdi.
Markaz masʼullari tuman darajasidagi davlat organlari yuridik xizmatlari faoliyatidagi muammolarni bartaraf etiş maqsadida Prezidentimizning “Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari törisida”gi Qarori qabul qilingani, mazkur Qaror bilan Markazlarning maqomi, faoliyat tartibi, funktsiya va vazifalari belgilab berilgani xususida söz yuritişdi.
Markaz faoliyati xususida tuşunça berib, asosiy yönalişlari yuridik xizmat körsatiladigan davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlaş, davlat taşkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam körsatiş, davlat taşkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oşiriş, davlat taşkilotlarining mulkiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlari öz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinişini taʼminlaş, davlat taşkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bölişini taʼminlaşdan iborat ekanligini eʼtirof etişdi.
Şuningdek, yiğiliş davomida yuridik xizmat markazlarining vazifalari, xizmat körsatiladigan taşkilotlar bilan özaro munosabatlar, yaʼni “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjatlar almaşinuvi haqida tuşuntiriş berildi.
Elektron tizimga içki buyruq, şartnomalar va boşqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritiş hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalaniş, elektron tizimdan foydalanuvçi taşkilotlar tomonidan şaxsiy kabinetga kiriş, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlaş, qayta işlaş va xulosa oliş uçun markazlarga yuboriş kabilar kiritilgan.
Markazlarning masʼul xodimlari tomonidan tegişli xulosa tayyorlaş, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktiriş hamda özaro hujjat almaşiş, elektron tizimdan foydalanuvçi taşkilotlar tomonidan markazlardan ijobiy xulosa olinganidan söng takrorlanmaydigan maxsus raqam beriş va elektron tarzda qabul qiliş hamda uşbu hujjatlarni avtomatik tarzda izçil ketma-ketlikda raqamlaş kabilar amalga oşiriladi.
Örnatilgan tartibga köra markazlar tomonidan yuridik xizmat körsatilişi belgilangan taşkilotlar tomonidan markazlar bilan kelişilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinişiga yöl qöyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuçga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran heç qanday huquqiy oqibatlarni keltirib çiqarmaydi. Xulosa qilib aytganda faoliyat Yuridik xizmat körsatiş markazlari töğrisidagi Nizomga asoslanib amalga oşiriladi.
Markaz masʼullari iştirokçilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berişdi.
N.Jumaniyozova, tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶