21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:17
Sport 👁 243

BOLALAR-OʻSMIRLAR SPORT MAKTABIDA BUTUNJAHON DZYuDO KUNI TANTANA QILINDI

BOLALAR-OʻSMIRLAR SPORT MAKTABIDA BUTUNJAHON DZYuDO KUNI TANTANA QILINDI

Dunyoda ommaviyligi boʻyicha futboldan soʻng ikkinchi oʻrinda turadigan dzyudo – yakka kurash sport turining vatani Yaponiyadir. Ushbu sport turi boʻyicha ilk maktab ochgan ushbu yakkakurash asoschisi Dzigoro Kano sharafiga bu oʻyin dzyudo deb nomlangan.

Yaponiyada ushbu milliy sport turi juda ommalashgan, hatto 1907-yildan boshlib u maktab dasturiga majburiy fan sifatida  kiritilgan. 1964-yildan xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan dzyudoga mamlakatimizda ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu qator olimpiya  va jahon chempionatlarida yurtdoshlarimiz, tumanimiz sportchilari qoʻlga kiritayotgan yutuqlarda ham namoyon boʻlmoqda.

Dzyudo asoschisi Dzigoro Kano tavallud topgan kun sharafiga butun dunyoda  28-oktyabrda  Butunjahon dzyudo kunini keng nishonlash anʼanaga aylanib qolgan. Shu munosabat  bilan tumanimizda ham har yili  sana ulkan tantana qilinadi. Bu bejiz emas. Chunki tumanimizdan ham dzyudo boʻyicha taniqli sportchilar, Yevropa, Osiyo chempionati, xalqaro turnirlar gʻolib va sovrindorlari, “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi yetishib chiqqan.

2020-yilda Butunjahon dzyudo kuni “Daraxt ek” shiori ostida oʻtkazilgan boʻlsa, joriy yilda ushbu  sana “Birdamlik” shiori ostida  oʻtkazildi.

Shu munosabat bilan 28-oktyabr kuni tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirga sport maktab trenerlari, tarbiyalanuvchilari va koʻpgina xalqaro musobaqalar gʻolibi,  “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, ushbu maktabda ilk dzyudo saboqlarini olgan Sharofaddin Boltaboyev ishtirok etdi.

Butunjahon dzyudo kuniga bagʻishlangan tadbirni sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov ochdi va yigʻilganlarni bayram bilan qizgʻin qutladi, mahoratli dzyudochilarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan murabbiylarning mashaqqatli ishlarida muvaffqiyatlar tiladi.

Mamlakatimizda bugungi kunda sportning barcha turlarini rivojlantirish hamda uning ommaviyligini taʼminlash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Xususan, dzyudo bilan shugʻullanuvchi yoshlar safi ham tobora kengaymoqda. Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi ham umidli sportchilarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, ushbu sport maktabida  1360 nafar oʻsmir oʻquvchilar sportning 17 turi bilan shugʻullanishayotgan boʻlsa, shuning 250 nafardan ziyodi aynan sportning dzyudo turini tanlashgan. Ularga 7 nafar tajribali murabbiylar mashgʻulotlar olib borishayapti.

Shu boisdan ham Butunjahon dzyudo kuni har yili sport maktabda ulkan bayram qilinadi. Joriy yilgi tantanali tadbir ham yosh dzyudochilar va murabbiylarga juda yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir soʻngida Sharofiddin Boltaboyev sport maktabning  dzyudo bilan shugʻullanayotgan yosh sportchilariga mahorat darsi oʻtdi va oʻzining ushbu dargohda tarbiyalangan davrlari bosib oʻtgan shonli sport yoʻli haqida gapirib berib, ularni yangi-yangi gʻalabalar sari ruhlantirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026