Tuman böyiça 24 ming 993 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlanmoqda
Ayni kunlarda butun mamlakatimizda bölgani kabi Amudaryo tumanida ham aholini kuz-qiş mavsumida aholi va ulgurji isteʼmolçilarni issiqlik va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlaş borasida samarali işlar olib borilmoqda.
Tuman aholisini asosiy issiqlik energiyasi manbayi hisoblangan tabiiy gaz hamda suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş borasida “Hududgaz Qoraqalpoğiston” filiali “Amudartumangaz” gaz taʼminoti bölimi tizimli faoliyat olib bormoqda.
Tumanda jami 38 ming 849 xonadon bölib, şundan 13 ming 856 xonadon tabiiy gaz bilan gazlaştirilgan, 24 ming 993 ta xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Tumandagi barça tabiiy gaz isteʼmolçilariga 5 ta gaz taqsimlaş punktlari orqali tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Ulardan ikkitasi Toş yop ovulida, qolganlari Tölqin, Nazarxon ovullari hamda Beştom mahallasida joylaşgan. Bugungi kunda foydalanişda 407 km gaz tarmoqlari bölib, şundan 53,5 km yuqori bosimli, 65,3 km örta bosimli va 288,9 km past bosimli gaz tarmoqlaridir. Tabiiy gaz yetkazib beruvçi gaz quvurlarining 15,8 km qismi yer ostida va 392 km qismi yer ustida joylaşgan.
Tumanda jami suyultirilgan gazdan foydalanuvçi 24 ming 993 ta xonadon mavjud bölib, şundan 12 ming 947 xonadon tabiiy gaz yetib bormagan, 12 ming 46 xonadon esa tabiy gaz yetmasligi sababli suyultirilgan gazga moslaştirilgan.
2021-yil 1-iyundan suyultirilgan gaz ballonlarni tarqatiş ID kartalar orqali amalga oşirilişi boşlangan bölib, hozirda tumanimizdagi suyultirilgan gazdan foydalanuvçi xonadonlarga ID karta tarkatiş işlari davom etmoqda va jami aylanmadagi 27 ming 982 dona ijara ballonlari, 12 ming 19 dona aholi öz hisobidagi gaz ballonlariga stikerlar yopiştirilgan.
Tuman aholisini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaşda gaz tarqatiş şoxobçalari faoliyati taşkil etilgan bölib, şoxobçalardan uzoq hududlarda yaşovçi xonadonlarga maxsus transport vositalari yordamida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.
Şuningdek, tuman buyiça jami 39 ta maktabgaça taʼlim muassasalari suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinayotgan bölib, joriy yilning 30-oktyabr holatiga suyultirilgan gaz böyiça belgilangan limit 3 ming 477 tonna bölib, şundan 3 ming 222 tonna suyultirilgan gaz olib kelinib, aholiga tarqatilgan. Tuman aholisiga ijaraga jami 27 ming 982 dona yangi maişiy gaz ballonlari tarqatilgan bölib, joriy yilning 30-oktyabr holatiga 821 dona yangi gaz ballonlari ijaraga tarqatilgan.
“Hududgaz Qoraqalpoğiston” filiali “Amudartumangaz”gaz taʼminoti bölimi tuman aholisi örtasida is gazi va tabiiy gazdan zaharlaniş, gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi oqibatida portlaş va yonğinlar kelib çiqişi kabi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş borasida tuşuntiriş-tarğibot işlarini olib bormoqdalar. Tarğibot tadbirlarini taşkil etişda tuman hokimligi masʼul xodimlari, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlik qilinib, köpçilik aholi vakillari jalb etilmoqda.
J.Yermetov, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminot bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶