Bolalar nafaqasini tayinlaşdagi özgarişlar tuşuntirilmoqda
Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yurtimiz kelajagi hisoblanmiş yoş avlod kamolotiga ğamxörlikni tobora kuçaytirmoqda. Ularning soğlom, barkamol bölib voyaga yetişlari, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qöşadigan, ilmli davrimizga munosib bölişlari uçun şaroitlarni yaratmoqda. Xususan, 2021-yilning 11-avgustida qabul qilgan “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam körsatiş hamda kambağallik bilan kuraşiş kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ham şu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Bola tarbiyalayotgan oilalarni qöllab-quvvatlaş tizimining samaradorligini oşiriş, ijtimoiy himoya va kömakka muhtoj oilalar moddiy taʼminotini kuçaytirişga xizmat qiluvçi uşbu farmondagi özgarişlarni aholiga keng tarğib qiliş yuzasidan barça ovul va mahallalar aholisi bilan Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimi xodimlari uçraşuvlar ötkazişmoqda.
Şunday tarğibot tadbirlaridan biri Manğit şahridagi Döstlik mahallasida bölib ötdi. Mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida bölib ötgan uçraşuvda Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimining masʼul xodimlari Azamat Kenjayev, Sirojiddin Jumaboyev, Sarvar Komiljonovlar yiğilgan aholiga Prezidentimizning uşbu farmoniga köra yoş bolali oilalarni, moddiy yordamga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça amaliyotga joriy qilingan özgarişlar, ularning ahamiyati xususida batafsil tuşuntirdilar.
Tadbirda taʼkidlandiki, şu yilning sentyabridan boşlab, 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoşga tölgunigaça uni parvariş qiliş nafaqasi örniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi. Bunda inobatga olinadigan bolalar yoşi 14 yoşdan 18 yoşga oşirildi. Tölov muddati esa avvalgi 6 oy örniga 12 oy qilib belgilandi. Nafaqa miqdorini esa oiladagi bolalar sonidan kelib çiqib belgilaş tartibi örnatildi.
Şuningdek, yakka-yolğiz bölgan fuqarolarga, farzandi bölmagan yoki barça farzandlari 18 yoşdan katta bölgan kam taʼminlangan oilalarga oylik miqdori 380 ming söm moddiy yordam tayinlanadi.
2021-yil 1-sentyabrigaça tayinlangan 14 yoşgaça farzandlari bölgan kam taʼminlangan oilalarga nafaqa, esda tutiş lozimki, bola 2 yoşga tölgunga qadar uni parvariş qiliş nafaqasi hamda kam taʼminlangan muhtoj oilalarga moddiy yordam pullari muddatlari tugaguniga qadar avvalgi tartibda saqlanib qoladi.
Tadbirda iştirok etgan mahalla aholisi vakillari maʼullarga özlarini qiziqtirgan savollarni berib, atrofliça javoblar oldilar va Yurtboşimizning 2021-yil 11-avgustda qabul qilgan 6277-sonli Farmoniga muvofiq joriy etilgan özgarişlar xususida çuqur bilimga ega böldilar.
Döstlik mahalla fuqarolar yiğini masʼullari buning uçun Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi bölimi xodimlariga minnatdorçilik bildirdilar
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶