21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:21
Iqtisodiyot 👁 263

Tadbirkorlik sohasidagi yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

Tadbirkorlik sohasidagi yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

Mamlakatimizda iqtisodiyotni uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlib, bunda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uygʻunlashgan faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillarda Prezident tashabbusi bilan sohada yangi islohotlar amalga oshirilib, soliq tizimida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan barcha omillar bartaraf qilinmoqda.

Koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bu borada qator yangi vazifalar belgilab berildi. Shu maqsadda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarmoqda.

Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari  mazkur hujjat mazmun-mohiyatini tumandagi tadbirkorlarga keng turda tushuntirish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. Masʼullar tumandagi qator umumiy ovqatlanish shoxobchalariga borib, tadbirkorlarga qarorda belgilangan qator imtiyozlar xususida keng koʻlamli maʼlumotlar berdilar.

Aytish kerakki, mazkur qaror bilan 2021-yilning 1sentyabridan boshlab, 21-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinishi, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yigʻimlar boʻyicha 2021-yil 15-avgust holatiga koʻra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar boʻyicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib, yaʼni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berililishi 2023-yil 1-sentyabrga qadar turistik yigʻimni hisoblash va toʻlash toʻxtatililishi belgilab qoʻyilgan.

Maʼlumki, yurtimizda koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlarga keng imtiyoz va imkoniyatlar berilib, ularning samarali faoliyat olib borishlariga sharoitlar yaratib kelinmoqda. Tadbirkorlarimiz ushbu imtiyozlardan samarali foydalangan holda faoliyatlarini yanada kengaytirmoqdalar. Bu esa oʻz navbatida mamlakatda  kambagʻallikni qisqartirish, band boʻlmagan aholi qatlamini ish bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ogʻir sinovli kunlarda mamlakat iqtisodiy hayotida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldi olinmoqda.

Tumanimizda ham samarali faoliyat yuritib kelayotgan, aholi bandligini taʼminlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan tadbirkorlar soni tobora ortib bormoqda. Tuman davlat soliq inspektsiyasi masʼullari tadbirkorlarga yangi imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushunchalar berish barobarida ularning bu boradagi savollarga aniq javoblar keltirdilar.

Taʼkidlash kerakki, masʼullarning qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga oʻz vaqtida tushuntirishi, ular yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishlari tumanimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshadi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026