AMUDARYoLIK IIV FAXRIYSI «YILNING ENG FAOL FAXRIY XODIMI» KÖRIK-TANLOVINING ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSQIÇI SOVRINDORI BÖLDI
Mamlakatimizning barça hududlarida Özbekiston Respublikasi IIV faxriy xodimlari örtasida «Yilning eng faol faxriy xodimi» körik-tanlovi taşkil etildi. Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari taşkil etilganining 30 yilligi arafasida bölib ötgan uşbu tanlovda tizimda uzoq yillar xizmat qilgan, hozirgi kunda ham öz tajriba va bilimlarini yoş avlodga örgatib kelayotgan, soha rivojiga munosib hissa qöşayotgan IIV faxriy xodimlari qatnaşişdi.
27-oktyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasida mazkur tanlovning yakuniy bosqiçi ötkazildi. Uşbu bosqiçda tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi – amudaryolik IIV faxriy xodimi, isteʼfodagi mayor Jahongir Xolmurodov ham iştirok etdi va tanlov davomida belgilangan şartlar asosida respublikaning barça hududlaridan taşrif buyurgan soha faxriylari qatori ötgan yillar mobaynidagi amaliy işlarini taqdim etib, bilim va iqtidorini sinovdan ötkazdi.
Dastlabki şartga köra tanlovda iştirok etgan har bir faxriy xodimning ötgan bir yil davomida davlat va jamiyat hayoti bilan boğliq amalga oşirgan işlari, jumladan yoş avlodni tarbiyalaş, ustoz-şogird anʼanalari, faxriylar maktabidagi faoliyati va boşqa sohalarda amalga oşirgan işlari bilan tanişib çiqildi. Keyingi şart böyiça intellektual sport öyini, yaʼni şaxmat musobaqasi ötkazildi. Sönggi şartga köra, yurtimizda amalga oşirilayotgan sönggi islohotlar, içki işlar organlari tizimi, yurtimiz tarixi, adabiyoti, sanʼati, madaniyati va boşqa muhim yönalişlar böyiça tuzilgan savollar asosida faxriylarning bilimlari aniqlandi. Şuningdek, şart davomida huquqni muhofaza qiluvçi organlari faoliyatini takomillaştiriş böyiça taklif va muammolarni ilgari surib, ularni hal etişning turli innovatsion yöllarini körsatib berişdi. Tanlovda iştirokçilar sanʼat, madaniyat, adabiyot, fan, texnika va boşqa yönalişlardagi isteʼdodlarini ham namoyiş etişdi.
«Yilning eng faol faxriy xodimi» körik-tanlovining Özbekiston Respublikasi bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etgan amudaryolik IIV faxriysi, isteʼfodagi mayor Jahongir Xolmurodov «Isteʼdodli faxriy» nominatsiyasi böyiça ğolib deb topildi. Tanlov sovrindoriga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Diplomi, «Özbekiston IIV faxriysi» kökrak nişoni hamda qimmatbaho qöl soati tantanali ravişda topşirildi.
Sulton Jarilkaganov, tuman IIB boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶