24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:49
Jamiyat 👁 360

MEHNATI QADR TOPGAN ODDIY DEHQON

MEHNATI QADR TOPGAN ODDIY DEHQON

Sobiq ittifoq davrida deyarli barcha oʻquv muassasalarida eng koʻrinarli joyga “Qishloqda yashaysanmi, texnikani oʻrgan!” degan chaqiriqnoma shior ilib qoʻyilardi. Yuqori sinf oʻquvchilari umumtaʼlim maktabini  tugatganlik haqidagi attestati bilan birga, albatta, traktorchi mutaxassisligi boʻyicha hujjatga ham ega boʻlishardi. Garchi otasi Xoʻjamurod ota Ashirov savdo sohasi xodimi boʻlsa-da, oiladagi kenja oʻgʻil Yoqubboy texnikaga ixlos qoʻydi. Maktabni tugatmasdanoq Yoqubboy  oʻzi boshqaradigan texnikani mukammal oʻrganishga qaror qildi. Toʻgʻri-da, texnikasi buzilsa, kimga yalinib yuradi? Agar uni miridan-sirigacha oʻrganib olsa, birinchidan, oʻziga  yaxshi, qolaversa, bajaradigan ishida sifat va samara  boʻladi.

Yoqubboy dilidagi ana shu orzusini amalga oshirish maqsadida oilasida hech kimning xayoliga kelmagan taʼlim dargohini tanladi. 1988-1989-yillarda Rossiyaning Volgograd viloyatidagi 2-sonli Kamishin nomli  hunar-texnika bilim yurtida tokarlik mutaxassisligi boʻyicha tahsil oldi. Oʻqishni  tugatib, xoʻjalikda ishchi sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan Yo.Ashirov 1989-1992-yillarda harbiy xizmat burchini sharaf bilan ado etdi. Keyinchalik xoʻjalik ishchisi, Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz shahridagi maxsus avtomatika korxonasida montyor, Qilichboy  xoʻjaligida va “Qori buva” fermer xoʻjaligida traktorchi vazifalarida halol va fidoyi mehnat qildi.

Agar insonda yuksak nazariy bilim boʻlsa-yu, unda qatʼiyat, oʻziga ishonch, tashkilotchilik va tadbirkorlik sifatlari boʻlmasa, oʻzidagi nazariy bilimni amalda qoʻllashga qodir shaxs sifatida namoyon boʻlolmaydi. Qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega koʻplab mutaxassislarning oʻzlari tanlagan soha boʻyicha koʻngildagiday ish yuritolmasliklari boisi ham, nazarimda ana shundan.

Agar taʼbir joiz boʻlsa, Yo.Ashirov oʻz sohasining diplomsiz yetuk mutaxassisi, toʻgʻrirogʻi, olimi. Yer, texnika, boshqaruv ilmini oʻz hayotiy tajribalari orqali egallagan Yo.Ashirov 2009-2017-yillarda “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligini mahorat bilan boshqardi. Fermer xoʻjaligi tasarrufidagi ekishlik maydonlaridan tortib, irrigatsiya tarmoqlari, har bitta texnika va agregatni mufassal nazoratdan oʻtkazdi, kamchiliklarini  toʻldirdi, nosoz texnikalarni oʻzi bosh boʻlib tuzatdi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida sugʻorish tizimlarini tozalab, zaxkashlar holatini yaxshiladi. Natijada “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligida paxta va  boshqa qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligi oshib, tumandagi ilgʻor xoʻjaliklar qatoridan joy oldi.

Tinib-tinchimas va mehnatkash Yoqubboy Ashirov 2017-2020-yillarda Qilichboy muqobil mashina-traktor parki rahbari sifatida hududdagi fermer xoʻjaliklariga texnika xizmati koʻrsatish sifatini zamon talablari darajasiga koʻtardi. Bu esa dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish imkonini berdi.

Ayni paytda MChJ shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxtachilik klasterining hududiy agronomi va “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan tajribali dehqon har kuni dalada. Nafaqat oʻzi rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligi, balki paxtachilik klasteri bilan shartnoma tuzgan fermer xoʻjaliklari dalalarini kezib, 2021-yilgi paxta hosilining salmogʻini chamalaydi.

Oppoq marjon tizmalariday chanoqlardan toshib turgan hosil barakasidan mamnun, kayfiyati chogʻ Yoqubboyni mustaqillik bayrami arafasida, ertalabdan yoʻqlovchilar koʻp boʻldi. Birinchi boʻlib tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, soʻng ketma-ket doʻstlari, yaqinlari “Shuhrat” medali bilan mukofotlanganini aytishganida avvalo bunga ishoninqiramadi. Xushxabar qanot yozib, bir zumda butun tumanga tarqalganida farzandlari internet tarmogʻida eʼlon qilingan Prezident Farmonini oʻqib berishdi.

Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga koʻra, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizdan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan edilar. Mukofotlanganlar orasida “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligi rahbari Yoqubboy Ashirov ham bor edi.

– Hech kutmagandim, – quvonchini yashira olmaydi Yoqubboy Ashirov. – Internet tarmogʻida eʼlon qilingan Prezident Farmonini farzandlarim oʻqishayapti-yu, quloqlarimga ishonmayman. Axir men bir oddiy dehqon boʻlsam...

Oddiy dehqon! Yangilanayotgan Oʻzbekistonda mehnatkash insonning qadr-qimmati joyiga qoʻyilayotganidan nishona edi bu! Prezident Farmoniga koʻra, qilichboylik oddiy dehqon Yoqubboy Ashirov “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani ham dehqonning halol va fidoyi mehnati sharaflangani, qadr topganining isboti.

Oʻzining yoshlik shijoatini, bilim va salohiyatini tumanimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga bagʻishlagan Yoqubboy Ashirovga mukofot muborak, dalalar tomon qoʻyayotgan har bir qadamingiz barakali, hosil xirmonlaringiz sarbaland boʻlsin, deymiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026