24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 22:50
Jamiyat 👁 356

“XAVFSIZ TUN” REYD TADBIRI OʻTKAZILDI

“XAVFSIZ TUN” REYD TADBIRI OʻTKAZILDI

Tinch osoyishta hayot tarzi biz bilan bir davrda  yashayotgan necha-necha millionlab insonlarning orzusi, desak adashmaymiz. Toʻyib ovqat yeyishga imkoni yoʻq, yupun, boshpanasiz odamlar, yomgʻirday yogʻilayotgan oʻqlardan, portlashlardan dahshat ichida yashayotganlar, biror kuni osoyishta kechmayotganlar juda koʻpchilik.

Shular haqida oʻylaganimizda barcha brtdoshlarimiz oʻz oilasi bagʻrida emin-erkin, baxtiyor, farovon yashayotganidan, oilalar obodligi, uning zamirida yurtimiz obodligi, tinch-osoyishtaligidan koʻnglimiz togʻday koʻtariladi, ertagi kunga ishonchimiz yanada mustahkamlanadi. Beixtiyor tilimizga shukrona keladi. Shu barobarida chor-atrofga ochiq koʻz bilan teran nazar tashlash, hushyor va ogoh boʻlish lozimligini anglaymiz. Dunyoni qaysiki burchagida urush-nizolar, buzgʻunchiliklar, yovuz niyatli kuchlar mavjud ekan, ulardan shu aziz Vatanimizni koʻz qorachigʻiday asrash, himoya  qilish masʼuliyati zimmamizda boʻladi. Yana shunisi ham borki, bugungiday dorilomon kunlarning qadriga yetmay, toʻqlikka shoʻxlik qilayotganlar, amaldagi meʼyoriy qonun-qoidalarni mensimaydigan, boʻysungisi kelmaydigan, noqonuniy faoliyat bilan shugʻullanayotganlar ham jamiyatimizda uchrab turadi.

Shularni inobatga olgan holda tumanimizda shu yilning 2-noyabrida Oʻzbekiston Respublika Ichki ishlar vazirligining, Qoraqalpogʻiston respublikasi Ichki ishlar vazirligining koʻrsatmalariga asosan, aholining tinchlik-osoyishtaligini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida “Xavfsiz tun” reyd tadbiri oʻtkazildi.

Ushbu tadbirga tuman Ichki ishlar boʻlimi, Milliy gvardiya tuman Qoʻriqlash boʻlimi, tuman Davlat  soliq inspektsiyasi, “Fidokor yoshlar” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-safarbarlik guruhi Yoʻl patrul xizmati inspektorlari, Ichki ishlar vazirligi AVBSO xodimlari va jamoat tashkilotlaridan jami 99 nafar xodimlar tumanimizda 6 ta maʼmuriy hududga boʻlingan holda 5 ta yoʻnalishda ish olib bordilar. Ular jamoat joylari, savdo obʼektlari, koʻngilochar joylarda va umumiy ovqatlanish shahobchalarida jamoat tartibining saqlanishi, aholiga xizmat koʻrsatishda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi, shuningdek, osoyishtalikka rahna solishi mumkin boʻlgan holatlarni aniqlash yuzasidan tekshiruvlar olib bordilar, noqonuniy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, karantin qoidalariga rioya qilish lozimligi yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berdilar.

Mangʻit shahrida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida Tadbirkorlar koʻchasi 106-uyda bir guruh shaxslar tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini oʻynab oʻtirgan holat aniqlanib, ulardan 968000 soʻm pullar daliliy ashyo sifatida olindi. Qimor oʻyini ishtirokchisi Ch.Q.ning choʻntagida oʻtkir tigʻli oshxona pichogʻi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, tungi soat 23:00lardan soʻng Mangʻit shahri hududidagi koʻngilochar maskanlar nazorat qilinganida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar bilyard oʻynayotganligi  aniqlandi va shu vaqtning oʻzida maskan egasiga voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda oʻynashlariga yoʻl qoʻygani uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, shahar koʻchalarida spirtli ichimlik ichib, mast holda shovqin koʻtarib, aholi  tinchligini buzib yurgan ikki nafar fuqaro aniqlandi. Ular xodimlarning qonuniy talablarini bajarmaganlari uchun tuman Ichki ishlar boʻlimi binosiga olib kelinib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Reyd tadbirida 11 nafar Yoʻl patrul xizmati xodimlari yoʻllarda avtotransportda harakatlanishda 98 ta qoidabuzarliklarni aniqlashdi. Shuning 3 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 27 tasi tegishli hujjatlarga ega boʻlmay transport boshqarish, 68 tasi turli yoʻl harakati qoidalariga amal qilmay transport boshqarish holatlaridir.

Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir tumanimizda koʻpgina koʻngilsizliklarning oldini olishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Orifjon Qosimov, Amudaryo tumani IIB HPB boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026