Ehtiyojmand oilalar farzandlariga qişki kiyim-boş berildi
Mamlakatimizda kam taʼminlangan oilalar, xotin-qizlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bilim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlarda öqişini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida 2021-yilning 16-avgustida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda öqişini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan ijtimoiy himoya va har tomonlama kömakka muhtoj oilalar farzandlarining bilim oliş imkoniyatlari yanada kengaytirildi.
4-noyabr kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş bölimi binosida tuman hokimligi taşabbusi bilan kam taʼminlangan oilalar farzandlariga qişki kiyim-boş berildi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, tuman Xalq taʼlimi bölimi masʼullari iştirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sözga çiqib, mazkur xayrli iş tumanimizdagi ehtiyojmand oilalarni yanada qöllab-quvvatlaş, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining sifatli va tizimli umumiy örta taʼlim olişiga amaliy yordam beriş, moddiy jihatdan qiynalgan oilalar farzandlarini qişki kiyim bilan taʼminlanişiga yordam beriş maqsadida amalga oşirilayotganini taʼkidlab, umumiy örta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj öquvçilardan 60 nafariga qişki kiyim-boşlarni taqdim etdi.
Bu xayrli işda tumanimizdagi eng ilğor va taşabbuskor tadbirkorlardan biri Tamara Yusupova rahbarlik qilayotgan “Tamara tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyatining hissasi katta böldi. Jamiyat tomonidan öquvçilarga beriladigan qişki kiyim-boşlar sifatli, qulay hamda zamonaviy urfda tayyorlangan.
Şu örinda aytiş kerakki, bugungi kunda tumanimizda Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 85 ta umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritayotgan bölib, ularda 37 ming 965 nafar öquvçilar taʼlim-tarbiya olib kelmoqdalar. Öquvçilarning qiş mavsumida sifatli taʼlim-tarbiya olişlari uçun umumtaʼlim maktablarida keng kölamli kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari olib borildi. Taʼlim maskanlari binolaridagi mavjud kamçiliklar aniqlanib, ularni mavsumga tayyorlaş böyiça quriliş-taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Maktablarni qişki mavsumda issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlaş çoralari körildi.
Tadbirda sözga çiqqan masʼullar sönggi yillarda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan eʼtibor hamda yoşlarning sifatli taʼlim-tarbiya olişlari uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, şart-şaroitlar xususida töxtalib, öquvçi yoşlarni uşbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, ustozlari berayotgan bilimlarni çuqur egallaşga, yurtimizga munosib farzand bölişga çorladilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶