SEMINAR-TRENING BÖLIB ÖTDI
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholining, şu jumladan, taşkilotlar va korxonalar xizmatçilarining huquqiy savodxonligini oşirişga alohida eʼtibor berilmoqda. Şuningdek, sohani yanada takomillaştirişga erişilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning şu yil 29-iyundagi “Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori bu boradagi işlar samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Uşbu qarorga muvofiq joriy yilning 1-oktyabridan boşlab mamlakatimizning barça hududiy Adliya boşqarmalari va bölimlari huzurida yuridik xizmat körsatiş markazlari faoliyati yölga qöyilib, davlat taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş bilan boğliq maʼlumot, jarayonlarni elektron ravişda yiğiş, qayta işlaş, tahlil qiliş imkonini beruvçi “Ye - huquqşunos” elektron tizimi joriy etildi.
Respublikamizning barça hududlaridagi Adliya boşqarmalari, bölimlari huzuridagi yuridik xizmat körsatiş markazlari xodimlari davlat taşkilotlari, idoralari xodimlariga uşbu qaror mazmun-mohiyatini tuşuntirib, “Ye - huquqşunos” elektron tizimi imkoniyatlaridan qanday foydalaniş muminligi yuzasidan bilim va könikmalarini şakllantiriş maqsadida turli tadbirlar – öquv seminarlar, seminar-treninglar ötkazişmoqda.
Aytiş joizki, yangi markaz faoliyati yuridik xizmat körsatiladigan davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlab, ularga sifatli va malakali yuridik yordam körsatişi, davlat taşkilotlari xodimlarining huquqiy savrdxonligi va huquqiy madaniyati oşişiga xizmat qilişi bilan juda ahamiyatlidir.
Amudaryo tumani hokimligi binosida bölib ötgan tadbir ham şu masalaga bağişlandi. Tuman Adliya bölimi va yuridik xizmat körsatiş markazi tomonidan “Yuridik xizmat körsatiladigan taşkilot va idoralarda “Ye-huquqşunos” tizimi orqali işlovçi xodimlarning huquqiy bilimini oşiriş va könikmalarini şakllantiriş” yuzasidan ötkazilgan seminar-treningni tuman Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov oçdi va “Ye-huquqşunos” tizimining afzalliklari xususida gapirdi. Tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Nilufar Jumaniyozova “Ye – huquqşunos” tizimi taşkil etilganidan beri tizim orqali kelib tuşgan hujjatlarning tahlili böyiça maʼlumot berdi va murojaat qilişda yöl qöyilgan xato-kamçiliklarga töxtaldi.
Seminar-treningda bunday xatolarni bartaraf etiş yöl-yöriqlari körsatilib, takliflar bildirildi.
Tadbirda iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga qonuniy asoslantirilgan javoblar berildi.
Seminar-trening barça iştirokçilarning huquqiy bilimlarini oşirişga xizmat qildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶