21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 15:02
Jamiyat 👁 201

ŞIFOKORLAR OILASI

ŞIFOKORLAR OILASI

Inson zoti jamiki mavjudotlar içida eng aqllisi, farosatlisi, möʼtabari. U yaratuvçanlik qobiliyatiga ega, hayotni, jamiyatni özgartirişga qodir. Turmuşimizdagi jamiki qulayliklar, obodlik, farovonlik insonlar zakosi, fidoyi mehnati mahsulidir. Biroq, şunday bir soha xodimlari borki, ularning mehnatlarining heç bir qiyosi yöq, ular – odamlar dardiga darmon böluvçi tibbiyot xodimlaridir.

Issiq jon isitmasiz bölmaydi, deydi xalqimiz. Ha, soğligida muammo bölmagan, şifokorlar huzuriga najot istab bormagan odamni topiş muşkul. Joni azobdagi odamga yordam bera oliş, uni dard iskanjasidan qutqariş – çinakam fidoyilikdir.

Tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şoşilinç tibbiy yordam bölimida qariyb ön yildan beri jarroh-şifokor bölib işlab kelayotgan, şu davr mobaynida  ulkan tajriba töplab, murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham muvaffaqiyatli ado etib, el olqişini olayotgan Sanjar Ollaberganov ham butun salohiyatini, iqtidorini kasbiga bağişlaganlarning biri.

 U örta maktabni tugatgaç, Toşkent Pediatriya tibbiyot oliygohining Nukus filialiga öqişga kirdi. Oliygohni tugatib, 1-yil muddat onkolog-şifokor bölib işladi va sohasi böyiça çuqurroq bilim oliş maqsadida Toşkent Tibbiyot oliygohida ordinaturada jarrohlik yönalişi böyiça tahsil oldi. 2011-yildan beri tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şoşilinç tibbiy yordam bölimida jarroh-şifokor. Kasbiga sidqidildan ixlos qöygan yigit öz ustida işlaşdan, öqib-örganişdan erinmaydi. Şu tariqa sohaga joriy etilayotgan ilğor texnologiyalarni ham puxta örgandi, nufuzli oliygohlarda malaka oşirdi va hozirgi kunda jarrohlik amaliyotlarida yangi texnologiyalarni muvaffaqiyatli qöllamoqda.

Bunday amaliyotlar bemorning tez va asoratsiz soğayib ketişida muhim rol öynaydi.

S.Ollaberganovning bu kasbga ixlos qöyişi bejiz emas. U butun umrini tibbiyot sohasiga bağişlagan tajribali jarroh Farhod Ollaberganovning ikki öğlining kattasi. Oilada ota-ona kasbining  neçoğlik masʼuliyatli, maşaqqatli  va ayni damda şarafli ekanligini ham çuqur his qilib ulğaygan Sanjar otasiga munosib izdoş bölişga intildi.

Ularning oilasini şifokorlar oilasi, deb ham ataş mumkin. Çunki Farhod Ollaberganovning Sanjardan taşqari uç nafar qizi oliy maʼlumotli şifokor bölib yetişişgan.

– Men otamdagi öta bosiqlik, mulohazalilik va kasbga ixlos kabi xislatlarni özimda şakllantirişga doim harakat qilaman. Çunki bemorning ahvoliga qarab muomala qiliş, uning köngliga yöl topa oliş juda muhim. Bemorning injiqliklarini ham kötarişga, soğayib ketişiga işontirib muolaja qilişga töğri keladi, – deydi Sanjar kulib.

– Şifokorlikni tanlaganingizdan afsuslangan vaqtlaringiz ham böladimi?

– Afsuslanmayman. Biroq bizning bölimga asosan, oğir ahvoldagi, şoşilinç yordamga muhtoj bemorlar olib kelinadi. Ularni qisqa muddatda oyoqqa turğiziş qiyin. Ularning nega dorilaring kor qilmayapti, nega oğriqlarim qolmayapti, kabi savollari baʼzan dilimni oğritadi.

Şunday vaqtlarda hatto keksalikka qadam qöyganlarida ham kasbini ardoqlab, işlab kelayotgan otamni öylayman. Bu menga dalda beradi.

Ha, heç kim qay makonda, qay manzilda, qanday oilada dunyoga kelişini özi belgilamaydi.

S.Ollaberganovning tolei kulgani şuki, şifokorlar oilasida dunyoga keldi va özining hayot yöllari ham qipçoqlik şifokor qiz Guljahon  Obdalova bilan boğlandi. Ular 2012-yilda ezgu orzu-umidlar bilan oila qurişdi. Hozir biri-biridan şirin uç nafar farzandlarning ota-onalari bölişdi.

– Ham oila, yoş bolalar bilan iş qiyinlik qilmaydimi? – qiziqib sörayman Guljahondan.

– Yaqin kömakçim – qaynonam bor, şuning uçun bamaylixotir işlayman. Xudoga şukur, oilamiz tinç, ahil, – deydi quvonib Guljahon.

Tumanimizda soğlikni saqlaş sohasi rivojiga özlarining munosib hissalarini qöşib kelayotgan oilaviy şifokorlarni kasb bayramlari bilan qutlab, işlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026