“VATAN KELAJAGI YoŞLAR QÖLIDA” LOYIHASI DOIRASIDA “KONSTITUTsIYa BILIMDONI” KÖRIK-TANLOVI ÖTKAZILDI
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengaşi tomonidan “Vatan kelajagi yoşlar qölida” loyihasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” körik-tanlovi ötkazildi.
Şu yil 12-noyabr kuni Amudaryo Muhandislik texnikumida ötkazilgan körik-tanlovda öquvçilarning Konstitutsiya haqidagi bilimlari sinovdan ötkazildi. Yoşlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini yanada yuksaltirişga qaratilgan uşbu körik-tanlovda Amudaryo Muhandislik texnikumining 5 nafar talabalari özaro bellaşişdi.
Mamlakatimizda yoş avlodni barkamol qilib tarbiyalaş, ularning hayotga mustaqil qadam qöyişlari uçun barça zarur şaroitlarni yaratişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Zero, yoş avlodda mustahkam vatanparvarlik tuyğusini, ğoyasini şakllantiriş – keçiktirib bölmaydigan vazifa. Vatanparvar yoşlar – mamlakatimiz kelajagining hal qiluvçi kuçidir. Şu sababli yurtimizda yoşlarni har tomonlama yetuk farzand etib tarbiyalaş bilan birga, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Taʼkidlaş joizki, yoşlarning huquqiy madaniyatini şakllantirişda, eng avvalo, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini biliş, ularga amal qiliş muhim ahamiyatga ega. Partiya tomonidan anʼanaviy ravişda ötkazib kelinayotgan “Konstitutsiya bilimdoni” körik-tanlovi ham ayni şu maqsadlarni özida mujassam etadi.
Körik-tanlov uşbu mezonlarga amal qilingan holda belgilangan nizom asosida ötkazildi. Unda iştirokçilar taniştiruv, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini biliş darajasi böyiça savol-javob, erkin mavzu deb nomlangan 3 ta şart böyiça öz iqtidorlarini, bilimdonliklarini körsatişdi. Yuqori saviyada taşkil etilgan tanlov qizğin bahs-munozaralarga boy böldi.
Şartlar ijrosini hakamlikka qöyilgan Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Mansur Örozboyev, Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi Öktam Yöldoşev, “Yoş adolatçilar” qanoti raisi Sultonboy Matkarimov hamda partiya faollari Ixlos Madrahimov, Ozod Eşimbetovlar baholab bordilar. Hakamlar hayʼati körik-tanlov jarayonida tanlov iştirokçilari işini oçiq ovoz beriş yöli bilan baholadilar.
Bunda iştirokçining özini taniştirişi, sahnada madaniyatiga amal qilişi hamda notiqlik mahoratiga ahamiyat berildi. Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, Saylov kodeksi, “Siyosiy partiyalar töğrisidagi”gi, “Taʼlim töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasi yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi hamda Özbekiston “Adolat” SDP Ustaviga oid bilimlariga alohida eʼtibor qaratildi. Iştirokçilar har bir şart böyiça öz çiqişlarini yakunlagandan söng, hakamlar hayʼati tomonidan örganib çiqilib, xulosa berildi.
Körik-tanlovda texnikumning 2-kurs talabasi Rahmatjon Qurbonboyev faxrli 1-örinni egallab, ğolib böldi. Unga tanlovning joriy yil 24-noyabrda bölib ötadigan Qoraqalpoğiston bosqiçiga yöllanma berildi va partiyaning tuman Kengaşi tomonidan faxriy yorliq, esdalik sovğalari topşirildi.
Ö.Yuldaşev, “Adolat ” SDP tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶