21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:21
Jamiyat 👁 274

“Maktabimiz atrofini yashil maskanga aylantiramiz” shiori ostida tadbirlar oʻtkazilmoqda

“Maktabimiz atrofini yashil maskanga aylantiramiz”  shiori ostida tadbirlar oʻtkazilmoqda

Yurtimizda eʼlon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” aktsiyasi yurtimizni yashil maskanga aylantiramiz shiori ostida hamjihatlik bilan amalga oshirilmoqda. Aktsiya doirasida xalq taʼlimi muassasalarida ham tadbirlar oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 13-noyabr kuni 40-sonli umumtaʼlim maktabida “Maktabimizni yashil maskanga aylantiramiz” shiori ostida turli xil mevali, manzarali koʻchatlar ekildi. Shu kuni maktab hududiga 2-sektor rahbari, Amudaryo tumani prokurori J.Muftillayev ishtirokida 30 tup archa koʻchati oʻtqazildi. Umummilliy loyiha doirasida maktab hududidagi “Yoshlar bogʻi”ga 68 tup archa, 38 tup olma, 67 tup olcha, 18 tup gilos, 34 tup nok, 12 tup manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek, 1 gektar yer maydonlari shudgor qilinib, bahorgi ekish ishlariga tayyorlab qoʻyildi.


Maktabimizda 9-11-sinf oʻquvchilari orasida “Oʻzbekiston - yashil maskan”, “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” shiorlari ostida insholar tanlovi ham oʻtkazildi. Oʻquvchi-yoshlar qalbida yuksak maʼnaviy fazilatlar, shu jumladan ezgulik va insoniylik, mehribonlik va bagʻrikenglik, Vatani va xalqiga sadoqat tuygʻularini shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan insholar tanlovida oʻquvchilar biri-biridan mazmunli insholar yozdilar. Tanlov gʻoliblari maʼnaviy ragʻbatlantirildi, ularga tinchlikning va hozirgi yurtimizdagi shart-sharoitlarning qadriga etish va undan oqilona foydalanish, milliy anʼana va qadriyatlarimiz zamirida Vatanga muhabbat, hurmat va ehtirom tuygʻulari mujassamligi haqida tushunchalar berildi. Noyabr oyida  “Yashil makon” loyihasi doirasida 9-11-sinflar oʻrtasida “Oʻzbekiston - yashil makon” mavzusida ham insholar tanlovi oʻtkazildi. Unda 10-sinf oʻquvchisi Dilnoza Bozorboyeva ijodiy fikrlash doirasi  kengligi bois, 1-oʻringa sazovor boʻldi. 2-oʻrin 9-sinf oʻquvchisi Iroda Norboyeva, 3-oʻrin 11-sinf oʻquvchisi Goʻzaloy Tursunboyevaga nasib etdi.


Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor. Chunki ekilgan koʻchatlar unib-oʻsib chiroyli manzara hosil qilsa, kishining bagʻri-dilini ochib, koʻzlarini quvontiradi, bundan ham muhimi, havoning sofligini taʼminlaydi. Maktab hududining yashil makonga aylanishi, albatta oʻquvchi-yoshlarning ona tabiatga mehr qoʻyishlarida, ajdodlarimiz singari ulkan bogʻ-rogʻlar barpo etishlarida, yashillikdan bahra olib, ilhomlanib, yangi ijod namunalari yaratishlarida muhim ahamiyatga ega.

Umida Karimova, 40-sonli maktabning ijodiy-madaniy

masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026