ESKI ODATINI BOŞLAGAN ÖĞRI YaNA QÖLGA TUŞDI
Şunday insonlar borki, umrini behuda ötkazib, öziga ziyon keltiruvçi, hayotini izdan çiqaruvçi gunoh işlar bilan band böladilar. Mast qiluvçi içimliklar içib lazzatlanidilar, yaşaşning maʼnosini talonçilik, buzğunçilik va öğirlik bilan şuğullaniş deb biladilar.
Hali yoş bölişiga qaramasdan Raşid (ism özgartirilgan) ham 4-marta öğirlik jinoyatni sodir qilib, jazolanişga ulgurdi. Keyingi sodir qilgan öğirligi uçun jazolanayotgan Raşidga davlatimiz tomonidan yengillik berilib, ötalmagan jazosining 2-yil 6 kun muddatini oylik iş haqining 20 foiz miqdorida davlat foydasiga ötkaziş yöli bilan axloq tuzatiş turiga almaştirilgan edi. Ota-onasi, yaqinlari uni töğri yölga solişga köp urinişdi. Har qalay naf berdimi, işçi qilib joylaştirilgan korxonasida binoyiday işlay boşladi.
Ammo bu ham uzoqqa bormadi. Örgangan köngil, örtansa qöymas deganlaridek, eski odatini yana qömsadi. Ayniqsa, qarindoşining töyiga borib spirtli içimlik isteʼmol qilganidan söng, içkilikdan qizigan boşdagi aqlni yöqotdi. Keçki sokinlikka çömgan köçalarni kezib, duç kelgan xonadon devoridan oşdi. Hovliga kirgan Raşid heç kim yöqligini, asosiysi uy eşigi qulflanmaganini körib, yanada kuçlandi. Içkaridagi xonalardan biriga kirdi va narsalarni titkilab, qöliga ilingan taqinçoqlar, qöl telefoni va boşqa mayda-çuydalarni çöntaklariga soldi.
Şu paytda uni uy egalaridan biri payqab qoldi va u kelgan joyidan qoçişga urindi. Devordan oşirilganida yerga tuşayotib oyoği qattiq lat yegani pand berib, qölga tuşdi.
Töğri yöldan ketib, halol hayot keçiriş örniga özini özi zalolatga boşlagan Raşid qilmişining oqibatini öylamay, yana yoş umrini xazon qildi. Qonunga muvofiq jinoyat sodir qilganlikda ayblangan bu şaxs beşinçi marotaba jazoga tortildi.
U.Orazbayeva, Nukus şahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovçisi.
(illyustrativ foto)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶